“Maxsustrans”ning yangilangan “maxsustrans.uz” veb sayti ishga tushirildi. Bu haqda “Maxsustrans” matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Yangi saytga dastlabki bosqichda ma’lumotlar faqat ikki til — rus va o‘zbek tilida joylanadi. Saytning “Maxsustrans” xizmatidan foydalanadigan aholi uchun imkoniyatlari ortgan.
Ko‘rinish jihatdan ham sayt mutlaqo yangi dizaynga ega. Endilikda fuqarolar mazkur saytdan nafaqat kompaniya hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot olishi mumkin, balki unga o‘zini qiynayotgan savollarni yozib qoldirishi ham mumkin.
Aytaylik, uyi oldida doimiy ravishda chiqindi to‘planib qolmoqda yoxud qurilishdan so‘ng qurilish chiqindilarini qayerga olib chiqishni bilmayotgan fuqarolar saytdagi forum orqali o‘zini qiziqtirayotgan murojaat va savolni yozib qoldirishi mumkin, mazkur murojaat tez fursatda korxona mutaxasislari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda javob qaytariladi.
Forumda, shuningdek, boshqa fuqarolar tomonidan qoldirilgan savollar va uning javoblari bilan ham tanishish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, saytdan sohaga doir so‘nggi qaror va loyihalar ham o‘rin oladi.
Hozirda veb-saytning ingliz tilidagi talqini ham ishlab chiqilmoqda.
Izoh (0)