Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Arxangelsk viloyatida 8-avgust kuni portlagan raketaning yadro sinovlariga hech qanday aloqasi yo‘q hamda u sog‘liq va hayot uchun xavli emas. Meduza’ning yozishicha, bu haqda Rossiyaning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Aleksey Karpov ma’lum qildi.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

“Hodisa sodir bo‘lgan 8-avgust kuni qayd etilgan radiatsiyaning eng katta qiymati 1,78 mikrozivert bo‘lgan bo‘lib, bu tishni rentgen qilishda olgan nurlanishga tengdir”, — degan u.

Karpovning ta’kidlashicha, Severodvinskdagi portlash radiaktiv moddalarning transchegaraviy tashishiga olib kelmagan. “OAVlarda aytilayotganidek voqea sodir bo‘lgan hududda ham, undan tashqarida ham hech qanday ekologik halokat haqida gap bo‘lishi mumkin emas”, — deb qo‘shimcha qilgan Karpov.

Uning aytishicha, Arxangelsk viloyatidagi sinovlar AQSh 2002-yilda Raketalarga qarshi mudofaa shartnomasidan chiqqanidan so‘ng Rossiya yaratishni boshlagan qurol bilan bog‘liq. Aynan qanday qurol haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi