• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Lola Karimova-Tillayeva otasi bilan bog‘liq navbatdagi xotiralari bilan bo‘lishdi

    Lola Karimova-Tillayevaning Facebook’dagi sahifasida Birinchi Prezident haqidagi navbatdagi xotiralari e’lon qilindi.

    Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

    Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

    “Ushbu sanaga yaqinlashgan sari qalb og‘rig‘i kuchayaveradi. Karimov Fondining arxivi bilan ishlar ekanman, o‘tmishdagi voqealar men uchun mutlaqo o‘zgacha tus oladi. Endilikda men barchasiga davlat ishlari bilan uzluksiz band bo‘lgan, butun bir mamlakat va uning har bir tarkibiy qismining hayoti bilan yashagan insonning farzandi sifatidagina emas, balki ushbu mamlakat fuqarosi nuqtai nazaridan ham qarayapman. Otamning yosh, kuchga to‘la bo‘lgan davrlarini, u o‘zi ham yonib-kuyib, butun xalqni ham o‘z so‘zlari bilan to‘lqinlantirgan videolavhalarni ko‘zdan kechirar ekanman, beixtiyor xayolimga bu onlar behuda yashab o‘tilganmikan, degan savol keladi.

    Men bu videolavhalarni ham mehr, ham qayg‘u hissi bilan ko‘raman. Otam naqadar idealist inson bo‘lganlari, davlat arbobining oliy maqsadlari, prinsiplar va oliyjanoblik kabi tushunchalarga astoydil ishonganlari, yonlaridagi insonlarga ishonch bildirganlari va istiqlol yillari o‘zlari tarbiyalagan yosh avlod mustaqil fikr yurituvchi shaxslar bo‘lib yetishishiga umid qilganlarini o‘ylayman.

    Ular buni menga ham o‘rgatar edilar, ko‘pincha o‘z misollarida. Bir necha bor fikrlari ommaviy yoki nufuzli manbalar fikriga qarama-qarshi bo‘lganda ham, bu ularni umuman qo‘rqitmagan. Aksincha, ular o‘z aytgan so‘zlariga astoydil ishonar va ishonchlari komil bo‘lgan ishni qilar edilar.

    O‘z xalqlarini juda yaxshi ko‘rganlar. Lukashenko ularning vafotlaridan so‘ng aytganidek, “u o‘z o‘zbeklarini juda yaxshi ko‘rar edi”. Bu so‘zlar zamirida butun bir haqiqat mujassam va ularning kuchlari ham aynan shunda edi.

    Men o‘tmishdagi voqealarga xolis nazar bilan qarashga harakat qilaman — o‘tmishni oq-qora rangga bo‘yab, hukm chiqarish uchun men kim bo‘libman. Bu dunyoda voqealar faqatgina o‘ziga ma’lum bir reja asosida rivoj topadi, vaqt esa ularning guvoh va ishtirokchilarini almashtirib o‘taveradi. Biz taqdirimizni tanlamaymiz; men hozir tarixiy deb atash mumkin bo‘lgan turli xil muhim voqealarni ko‘rganman va boshdan kechirganman — qayta qurish davridan boshlab, Sovet Ittifoqi parchalanishi, yangi davlatning barpo etilishi va hattoki O‘zbekiston bayrog‘ining yaratilish jarayoni. Sizga kichik sirni ochaman, bayroq loyihasi otam tomonidan mening akvarel bo‘yoqlarim bilan chizilgan edi. Ammo, bu albatta, butunlay boshqa voqea va uni ham balki hikoya qilib berarman.

    Fikrimcha, shaxsiy hikoyalarning o‘rni muhimroqdir, chunki ular insonning chinakam fazilatlarini aks etadi. Ularning ko‘pi bolalik davridan.

    Kuni kecha eslagan va xotiramga chuqur o‘rnashgan ushbu voqeaga 30 yil bo‘libdi, lekin hammasi xuddi kechagidek…

    Otam Respublika rahbari etib tayinlanganlaridan so‘ng, biz keng bo‘lsa ham kvartiramizdan Do‘rmon qarorgohida joylashgan katta uyga ko‘chib o‘tdik. Hali ham yodimda, ko‘chib o‘tgan kunimizning ertasiga tong sahardan meni derazadan kelayotgan supurgi ovozi uyg‘otib yubordi.

    Yosh bolamasmanmi, atrofdagi barcha narsalar, uy, bog‘ni ko‘rishni, yangi insonlar bilan tanishishni istar edim.

    Shosha-pisha stoldan bir narsani oldim-u, eshik tomon otildim. To‘satdan meni otamning jiddiy ovozi to‘xtatdi. “Sen bilan gaplashmoqchiman”, – dedilar, sokin, ammo jiddiy ovozda. Ohanglaridan suhbat muhim narsa haqida bo‘lishini angladim.

    Otam derazaning pardalarini ochib, uzun supurgi bilan uyimiz zinalarini tozalayotgan insondan ko‘zlarini uzmasdan: “Shu insonni ko‘ryapsanmi? Odamlar bilan o‘zingni hamisha shunday tutginki, bir kun kelib, men katta mansabda bo‘lmagan paytlarda ham, har bir insonning ko‘ziga tikka qaray olishingni, xulq-atvoring uchun hech qachon uyalib qolmasligingni istayman”, – dedilar.

    Siz bergan darsni men o‘zlashtirdim, otajon va buni farzandlarimga ham o‘rgatyapman… va qilgan mehnatlaringiz behuda bo‘lmaganiga men ishonaman”, — deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

    27.08.2019, 06:44   Izoh (0)   573984
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “VAZ-21061”ni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

    26.08.2019, 23:25

    Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ochilishida ishtirok etdi (foto)

    26.08.2019, 22:57

    Qobil Xidirov: Blogerlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklamagan va ulardan ko‘p narsa kutmagan bo‘lardim

    26.08.2019, 22:47

    Shavkat Mirziyoyev blogerlarga: Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi

    26.08.2019, 22:35

    Saida Mirziyoyeva Prezidentning blogerlar bilan uchrashuvini “tarixiy” deb atadi

    26.08.2019, 22:22

    Blogerlar bilan selfi tushgan Shavkat Mirziyoyev, Qashqadaryoda haqoratlagan YPX xodimi, Ravon avtomobillari narxidan hayratlangan rossiyaliklar va kunning boshqa

    26.08.2019, 22:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.