iPhone 11 Pro yoki Pro Maxning ichki detallari taxminiy joylashuvi aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Suratlarni xitoylik blogger GreekBar Weibodagi sahifasiga joylagan deb yozadi Korrespondent.net.
Suratda smartfon korpusining yarim qismi, xususan, katta kamera moduli, A13 Bionic protsessori hamda, yirik litiy-ionli batareya aks etgan.
Suratdan kamera moduli kattaroq joyni egallaganini payqash mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, kamera 3 obyektivdan iborat. Biroq ularning xususiyatlari hozircha ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, SoftBank telekommunikatsiya korporatsiyasi prezidenti Ken Miyauchi iPhone 11 chiqishining taxminiy sanasini bilmay aytib yuborgan edi.
Izoh (0)