• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amazoniya o‘rmonlarini 40 ming yong‘in qamrab oldi. Braziliya prezidenti NNTlarni o‘t qo‘yishlarda, serxavotir Yevropani esa mustamlakachilikda ayblamoqda

    Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru mamlakat armiyasiga Amazoniya o‘rmonlaridagi yong‘inlarni o‘chirishda qatnashishga buyruq berdi. “Armiyadagi xizmat davomida men Amazonka o‘rmonlarini sevishni o‘rganganman va ularni himoya qilishda yordam berishni istayman”, — dedi Bolsonaru o‘z telemurojaatida. Bir oyga mo‘ljallangan operatsiyaga Braziliyaning olti shtatidagi 44 ming nafar harbiy xizmatchini jalb etish rejalashtirilgan. Zarurat tug‘ilsa, farmonning amal qilishi 24-sentabrdan keyin ham davom etadi. Bolsonaruning ushbu qarori uning avvalgi — maydoni butun Yevropadan kattaroq o‘rmonlardagi yong‘inlarga qarshi kurashish uchun Braziliyada yetarlicha resurs yo‘qligi haqidagi bayonotlariga mutlaqo teskari. Amazonka o‘rmonlarining 60 foiz maydoni Braziliyada, 13 foizi Peruda, 10 foizi Kolumbiyada, qolgan qismi Janubiy Amerikaning qo‘shni mamlakatlarida joylashgan.

    Tropik o‘rmonlardagi yong‘indan ko‘tarilayotgan tutun. Braziliya, Para shtati, 2019-yil 23-avgust.

    Tropik o‘rmonlardagi yong‘indan ko‘tarilayotgan tutun. Braziliya, Para shtati, 2019-yil 23-avgust.
    Foto: LETA

    Amazoniya o‘rmonlari OAVda ko‘pincha “sayyoraning o‘pkasi” deb ta’riflanadi, chunki, ta’kidlashlaricha, fotosintez jarayonida ushbu o‘rmonlar sayyoradagi kislorodning 20 foizga yaqinini ishlab chiqaradi — ayni vaqtda, qayd etish joiz, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mutaxassis Jonatan Folining ta’kidlashicha, amalda Amazoniya o‘rmonlari sayyoradagi kislorodning 5 foizini ishlab chiqaradi, xolos. Shunga qaramay, Folining so‘zlariga ko‘ra, Yerdagi bioxilmaxillikning yarmigacha bo‘lgan qismi tropik o‘rmonlarda, sezilarli darajada katta qismi esa aynan Amazoniyada joylashgan, shu bois yong‘inlar bilan bog‘liq xavflarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bu o‘rmonlar atmosferadagi karbonat angidrid gazining 25 foizgacha bo‘lgan qismini yutadi, deb hisoblaniladi.

    Ekologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, yil boshidan beri yong‘inlar soni 2018-yilning mos davriga nisbatan 82 foizga va so‘nggi sakkiz yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 35 foizga ko‘paygan. Bunda gap butun Braziliya hududidagi 79,5 ming va Amazonka o‘rmonlaridagi 40 mingga yaqin yong‘in haqida ketmoqda; qolgan yong‘inlar janubroqdagi savannalarda kuzatilmoqda.

    Bu raqam baribir 2000-yillardagi ko‘rsatkichdan sezilarli past — o‘shanda yong‘inlar soni ba’zan 120 mingdan oshib ketardi. Shunday bo‘lsa-da, yong‘inlar miqdori 2018-yilga nisbatan sezilarli ko‘paygani, ekologlarning xavotirlariga ko‘ra, avvalgi yuqori ko‘rsatkichlardan so‘ng o‘rmon yong‘inlariga qarshi boshlangan kurash samardorligining keskin pasayganligidan darak bo‘lishi mumkin. Qayd etish joiz, o‘tgan yilning shu davrida qayd etilgan 43,5 mingta yong‘in 2013-yildan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich bo‘lgandi.

    Ko‘plab olimlarning ishonch bilan ta’kidlashicha, o‘rmon yong‘inlari tabiiy sabablarga ko‘ra yuz beradigan boshqa ba’zi ekotizimlardan farqli o‘laroq, Amazonka o‘rmonlaridagi yong‘inlarning yagona sababi — odamlarning harakatlaridir. Bunda gap, eng avvalo, o‘rmonlarning xo‘jalik maqsadlarida yoqilishidir — oqibatda ular boshqarib bo‘lmaydigan yong‘inlarga aylanib ketadi. Amerikaning Vox nashri yozishicha, “Braziliyadagilarning ko‘pchiligi Amazoniya falokati bu qadar katta ko‘lamga chiqib ketishida aniq bir insonni — Jair Bolsonaruni ayblaydi”.

    Bolsonaruni “tropiklardan chiqqan Tramp” deb atashadi. U ekologiya uchun xarajatlarni qisqartirib, NNTlarni o‘t qo‘yishlarda ayblamoqda

    Bolsonaru 2018-yil oktabridagi prezident saylovida g‘alaba qozongan. Uni o‘ng kayfiyatdagi populistik nuqtai nazarlari sabab “tropiklardan chiqqan Tramp” deb atashadi. Xususan, u Amerika prezidenti kabi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga shubha bilan qaraydi va buni so‘l lobbichilarning siyosiy tashviqoti deb hisoblaydi.

    The New York Times’ning yozishicha, Braziliya hukumati ko‘p yillar davomida ushbu mamlakatning Amazoniya o‘rmonlari, o‘z-o‘zidan, butun sayyoraning himoyachisi degan imidjni yaratishga urinib kelgan. Atrof-muhit muhofazasi bilan band tuzilmalarning byudjeti oshirilgan, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanganlik uchun ko‘plab jarimalar joriy etilgan. Biroq 2014 yildan so‘ng Braziliya davomli iqtisodiy inqiroz ichida qoldi va Bolsonaru saylovoldi tashviqoti davomida iqtisodiyotni, xususan, o‘rmonlar bilan band yerlardan foydalanishni kuchaytirish orqali jonlantirishga va’da berdi. U prezidentlik vakolatlarini bajarishga kirishgan 2019-yilning yanvar oyida o‘tgan yilning shu davridagi nisbatan 39 foiz ko‘proq yer o‘rmonlardan tozalandi.

    Iyul oyida Braziliyaning Kosmik tadqiqotlar milliy instituti sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarga asoslanib, yong‘inlar maydoni 88 foizga ko‘payganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Bolsonaru institut direktorini axborotdan “Braziliyaga qarshi tashviqot” uchun foydalanishda ayblab, uni ishdan haydadi.

    O‘tgan hafta Braziliya prezidenti o‘rmonlarni yoqib yuborishda aynan uning sa’y-harakatlari bilan ishsiz qolgan va endi uni ag‘darishga urinayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar aybdor bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab chiqdi. Ayni vaqtda Bolsonaru bu borada uning o‘zida hech qanday dalil yo‘qligini, faqat ichki sezgilariga asoslanib fikr bildirayotganini tan oldi.

    BBC News’ning qayd etishicha, o‘rmon yong‘inlari soni keskin o‘sishi bilan bir vaqtda mamlakatning yangi hukumati tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi idoralarning xarajatlarini qariyb uchdan biriga qisqartirdi. Bu ommaviy yong‘inlarning oldini olishga xalal bergan omillardan biri bo‘lishi mumkin. Shuningdek, BBC News 2019-yilda qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardan xo‘jalik maqsadlarida foydalanganlik uchun jarimalar miqdori birdan kamayganiga ham e’tibor qaratgan. Boshqa tomondan, braziliyalik advokat Marianjelika de Almeydaning Britaniya OAViga bergan izohiga ko‘ra, avvalgi yillarda amaldorlar orasida jarimalar bo‘yicha qo‘yilgan rejalarni bajarish uchun ham vakolatni suiiste’mol qilish holatlari ko‘p bo‘lgan.

    O‘z navbatida, Al Jazeera’ning mahalliy Folha do Progresso nashriga tayanib xabar berishicha, o‘rmon yong‘inlarining maydoni birgina Para shtati fermerlari 10-avgust kuni “olov kuni”ni uyushtirganidan so‘ng keskin kattalashgan. Qayd etishlaricha, fermerlar shu yo‘l bilan Bolsonaruga “ishlashga tayyor ekanliklari”ni namoyish etishni maqsad qilgan.

    Fransiya prezidenti Makron “bizning umumiy uyimiz yonyapti”, deb aytdi. Bolsonaru uni mustamlakachilikda aybladi

    O‘tgan hafta Braziliyadagi yong‘inlar xalqaro mojaroga sabab bo‘ldi. 22-avgust kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “bizning umumiy uyimiz yonyapti” deb bayonot berib, “Katta yettilik”ning qolgan a’zolarini yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishga chaqirdi. Bunga javoban Bolsonaru Fransiya prezidentini “mustamlakachilarga xos fikrlash”da, shuningdek, o‘z tvitiga 15 yil avvalgi suratni ilova qilib, “sensatsiya ortidan quvish”da aybladi. Bolsonaru aynan shunda uning mamlakatida yong‘inlarni mustaqil ravishda bartaraf etish uchun yetarlicha resurslar yo‘qligini aytgan edi. Ayni vaqtda u “Braziliyaga pul tikayotgan mamlakatlar buni yaxshi niyatda emas, balki uning ichki ishlariga aralashish maqsadida qilmoqda”, degan fikrni ham bildirdi.

    Ertasi kuni Fransiya prezidentining vakillari Bolsonaruni iyun oyida Osakada bo‘lib o‘tgan “Katta yigirmalik” sammiti doirasida Makron bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida yolg‘on gapirganlikda ayblab chiqdi. Braziliya agar Amazoniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga faol kirishmasa, Fransiya Yevropa Ittifoqi va Merkosur mamlakatlari o‘rtasidagi umumiy savdo bitimining qabul qilinishini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi. Ushbu shartnoma so‘nggi 20 yildan beri tayyorlanayotgan edi. Fransiyaning ushbu qarorini Irlandiya ma’qulladi, hozirda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Finlyandiya esa Braziliya Amazonka o‘rmonlarini yo‘q qilishni to‘xtatmaguncha ushbu mamlakatdan mol go‘shti importini vaqtincha cheklashni taklif qildi.

    Makronni Yevropaning boshqa yetakchilari, jumladan, Germaniya kansleri Angela Merkel va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham qo‘llab-quvvatladi — ular Braziliya hukumatini yong‘inlarga qarshi kurashda yetarlicha jonbozlik ko‘rsatmayotganlikda aybladi. Ayni vaqtda ular bitim imzolanishining bekor qilinishiga qarshi chiqdi.

    Yevropa yetakchilarining chiqishlaridan so‘ng, Bolsonaru ma’muriyati vakillari yana xorijiy mamlakatlar unga “Braziliyani qayta qurishga” xalal berayotganliklarini ta’kidlab chiqqan bo‘lsa-da, Braziliya prezidenti oxir-oqibat yong‘inlarni o‘chirish uchun nisbatan keng ko‘lamli choralar ko‘rishga qaror qildi.

    Shunga qaramay, Bolsonaru o‘rmonlarni yo‘q qilish bo‘yicha qat’iy siyosatidan voz kechishga rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, hozircha bu savol ochiq qolmoqda. Bu uning saylovoldi va’dalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi bo‘lur edi. Boz ustiga, bu Braziliyani tez foyda ko‘rish imkoniyatidan ham mahrum qilishi mumkin. Joriy o‘rmon yong‘inlari — Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushining bilvosita oqibatlaridan biri. Xitoy Amerikadan soya sotib olishni to‘xtatib, braziliyalik yetkazib beruvchilar bilan ishlashni boshlagan. Ushbu ehtiyojni qondirish uchun esa ishlab chiqaruvchilarga yangi-yangi plantatsiyalar kerak. Hozircha plantatsiyalar asosan sobiq savannalarga joylashtirilmoqda, biroq yaqin kelajakda fermerlar ushbu maqsad yo‘lida tropik hududlarni ham o‘zlashtirishni boshlab yuboradi. Ana unda o‘rmonlarni qayta tiklash mutlaqo imkonsiz ishga aylanadi.

    27.08.2019, 10:49   Izoh (0)   21087
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Di Kaprio fondi Amazoniyaga yordam tariqasida 5 mln dollar yuboradi

    27.08.2019, 10:42

    Rossiya TIV: Arxangelskdagi portlash yadro sinovlari bilan bog‘liq emas

    27.08.2019, 10:25

    AQSh prokuraturasi Pittsburgdagi sinagogada 11 kishini o‘ldirgan qotilga o‘lim jazosi berilishini so‘radi

    27.08.2019, 10:22

    Malayziya sobiq bosh vazirining qizi 2,4 mln dollar to‘lamaganlikda ayblandi

    27.08.2019, 10:10

    Bitta dvigateli ishdan chiqqan samolyot 2,5 soat parvoz qilib Chexiyaga qadar uchib bordi

    27.08.2019, 09:45

    Turkiyada piyodalarga mo‘ljallangan ko‘prik o‘pirilib tushdi (video)

    27.08.2019, 08:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.