• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zteleradiokompaniya” jurnalisti iqrori: Sukut saqlashni qoyillatyapmiz

    “Xabar.uz”da O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali katta muharriri Sherali Otaboyevning o‘z ishidan ko‘ngli to‘lmayotgani, davlat telekanallari auditoriyani xususiy kanallarga boy bergani haqidagi mulohazalari aks etgan maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Xabar.uz”

    Foto: “Xabar.uz”

    Gapni “Yurtimizda bo‘layotgan islohotlar samarasi o‘laroq...” yoki “bizga yaratilayotgan imkoniyatlar...” kabi so‘zlar bilan boshlamoqchi emasman. Yoki yozmishimizni, siyosiy va jiddiy tus berish uchun, mavzuga aloqador bo‘lgan-bo‘lmagan qarorlar, farmonlarning uzundan-uzoq nomlari hamda chiqarilgan sana va sonlari bilan boshlash niyatim ham yo‘q. Chunki o‘quvchi baribir shu joylarini “tashlab” o‘tadi.

    Ushbuni yozishga salla bilan kallaning farqiga bormaydigan ayrim hokimlarning ishkallaridan so‘ng Prezidentimiz ulardan blogerlar oldida xalqdan uzr so‘rashni talab qilgani turtki bo‘ldi. Alam qilgani shu bo‘ldiki, nega uzr televideniye orqali amalga oshirilmadi?

    Buni Prezidentning televideniyega nisbatan ishonchsizligi deb bildim...

    Bugungi kundagi islohotlarda biz kutgan va kutmagan voqealar ro‘y bermoqda. Bulardan, asosan, ijtimoiy tarmoqlar orqali boxabar bo‘lib boryapmiz. Aslida biz, jurnalistlar, ayniqsa, telejurnalistlar ana shu voqealar qoq markazida bo‘lishimiz kerak emasmi?

    Mardona tan olsak, hozirgi davrda Prezident va xalqqa kamarbasta bo‘lishi kerak bo‘lgan OAV xodimlari tomoshabin bo‘lishdan nariga o‘ta olishmayapti. Aniqrog‘i, davlatga qarashli gazeta va jurnallar, ayniqsa, televideniye jamiyatda bo‘layotgan voqea-hodisalarni hayrat ko‘zi bilan kuzatmoqda. Aslida o‘z pozitsiyasi va vazifasini bajarishi lozim bo‘lgan televideniye jurnalistlari sukut saqlashni qoyillatmoqda. Jamiyatda yaxshi tomonga bo‘layotgan o‘zgarishlardan samarali foydalanib qolayotgan tajribali korrupsionerlarga qarshi kurashishi lozim bo‘lgan televideniye har doimgi 15 yillik tajribasiga sodiq qolmoqda.

    Yaqinda ro‘y bergan hodisalarni olaylik. Masalan, Sergeli tumanida qurilayotgan uylar bilan bog‘liq mojaro. Bu muammo bo‘yicha televideniyega ko‘plab murojaatlar bo‘lgan. Ammo har doimgi “Jimjitlik” romanidan parcha o‘qiy boshladik. Natijada murojaatchilarning sabr kosasi to‘ldi... Boshqa iloji ham yo‘q edi-da. Chunki oxirgi umidi bo‘lgan jurnalistlar tilini yutib olgandan keyin nima qilsin?! Yaxshiki, bosh vazirning shaxsan o‘zi borib muammoni bartaraf etdi. Agar televideniye yoki otaxon gazetalarimiz shu boshog‘riqni oldindan ko‘tarib chiqqanda masala bosh vazir aralashishi darajasigacha yetib bormasmidi?! Vaholanki, ana shu narxlari asossiz ko‘tarib yuborilgan uylardan jurnalistlarning o‘zlari ham olgan ekan...

    Ko‘p vaqt o‘tmasdan voqealar rivoji viloyatlarga ko‘chdi. Xorazmning “Ashxobod” mahallasidagi uylar buzilishi, egalari ochiq osmon ostiga haydab chiqarilgani keng ommaga oshkor bo‘ldi. Vaziyat yana bosh vazir aralashishi darajasigacha borib yetdi...

    Qashqadaryodagi Yakkabog‘ voqeasini olaylik: tadbirkor OAVlaridan najot borligini bilganda albatta murojaat qilgan bo‘lardi. Yoki o‘sha buzg‘unchi hokim o‘rinbosari televideniye va gazetalardan hadiksirab, bu darajagacha nohaqlik qilmas edi.

    Og‘zining shaloqligi va axloqsizligi bilan “dong” taratgan amaldorlarning ma’naviy qiyofasi televideniyeda bir bor ko‘rsatilgandami?!

    Televideniyening har bir viloyatda maxsus muxbiri bor. Har bir viloyatning o‘zida ham “oynai jahon” ishlab turibdi. Viloyat televideniyelari mahalliy hokimlarning shaxsiy tomorqasiga, muxbirlar esa shaxsiy xizmatkorlariga aylanib bo‘lishgan. Viloyat hokimining chizgan chizig‘idan chiqishmaydi. Shunday tasavvur shakllanganki, viloyat muxbirlari o‘sha joydagi muammolarni olib chiqadigan bo‘lsa, uni mahalliy rahbarlar bemalol “xoinlik”da ayblashi mumkin.

    Aslida xoinlik muammolarga jimgina tomoshabin bo‘lib turish emasmi?!

    Aslida xoinlik Prezident talablarini teskari bajarishda emasmi?!

    “O‘zbekiston-24” telekanali ham ilk tashkil etilgan paytida o‘z so‘zini aytayotgan edi. Keyinchalik uning ham og‘ziga qulf urildi. Bu kanal shu darajada jimlikni saqlab berdiki, hattoki, bu “sharafli” xizmati uchun “Oltin qalam”ga munosib ko‘rildi!

    Aslida televideniyeni xalq tomosha qilish kerak. Ammo bizda teskarisi — televideniye xalqni tomosha qiladi. Jamiyatdagi o‘zgarishlarni biz telejurnalistlar jimgina tomosha qilamiz, hayratlanamiz, nafratlanamiz, xursand yoki xafa bo‘lamiz. Ammo biron-bir so‘z aytishni xayolga ham keltirmaymiz. Go‘yoki, biz shu sohani tanlashda umrimiz oxirigacha sukut saqlash uchun qasamyod qilgandekmiz.

    Rostdan ham, o‘tgan 15 yil ichida faqat “jannat”lardan xabarlarni tayyorlayverib, zimmamizdagi asl vazifani unutib qo‘ydik.

    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 13 ta telekanali tomoshabinlar auditoriyasini bus-butunligicha xususiy telekanallarga boy berdi. Endi esa media maydonini blogerlarga qo‘sh-qo‘llab topshiryapmiz.

    “Vatanni jim turib sevish mumkin”, degan so‘zlarni eshitgandim. Hayotimizdagi so‘nggi o‘zgarishlardan angladimki, Vatanga jim turib xoinlik qilish ham mumkin ekan.

    Vatanga jim turib xizmat qilib bo‘lmaydi.

    Maqolaga oxirgi nuqtani qo‘yar ekanman, nima qilardim o‘zim ishlab turgan joyimga tosh otib, degan xayol nari ketgani yo‘q.

    Rosti, 400 ming so‘m oylik uchun Vatanimga jimgina xoinlik qilishni istamayman. Aslida jurnalistlarning davlatdan maosh olib, jim o‘tirishi xiyonat emasmi?

    26.08.2019, 18:10   Izoh (0)   27527
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Saylov—2019” mobil ilovasi yaratiladi

    26.08.2019, 18:01

    “Formani yechib, ayollar kiyimini kiyib oling”. Qashqadaryoda YPX xodimi yana haqoratlandi

    26.08.2019, 16:59

    O‘zbekistonda mehnatga majburlaganlik uchun belgilangan jarima miqdori 10 barobar oshiriladi

    26.08.2019, 15:57

    O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash tartibi o‘zgaradi

    26.08.2019, 15:43

    Islom Karimov Mustaqillik bayramlarini o‘tkazishga qanday ko‘rsatma bergan?

    26.08.2019, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

    26.08.2019, 15:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.