O‘zbekistonda sentabr oyi salqin havo bilan boshlanadi. Bu haqda The Weather Channel’da keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.
Kunduzi havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi +27 atrofida bo‘ladi. Sentabr oyining 3 va 4-kunidan boshlab harorat kunduzi +26 darajagacha, kechasi esa +13 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, meteorologlar iyul oyi oxirlarida salqin tushishini ma’lum qilgandi, lekin prognozlar amalga oshmadi.
Izoh (0)