• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    O‘zbekiston hududidan topilgan xazinalar haqida bilasizmi?

    Ko‘pincha yer ostiga ko‘milgan, yashirib qo‘yilgan va egasi olmagan, keyinchalik esa tasodifan topilgan qimmatbaho buyum va tangalar majmuini xazina, deb ataymiz. Xo‘sh, hozirgi O‘zbekistondan qanday xazinalar topilgan?

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “O‘kuz xazinasi”

    Tarixda “O‘kuz xazinasi” nomini olgan Amudaryo xazinasi haqida ko‘pchilik eshitgan. Miloddan avvalgi IV–II asrlarga oid mazkur xazinadagi buyumlardan biri — oltin bilaguzuk milliy valyutaning 100 so‘mlik kupyurasida ham aks etgan.

    Amudaryo xazinasi 1877-yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish yerida, Taxtiqubod kechuvi yaqinida topilgan. Xazina 179 oltin va 7 kumush buyum, shuningdek, 1500 kumush va chaqa tangalardan iborat. Ular 1897-yilda Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan. Bugungi kunda ham o‘sha yerda saqlanmoqda.

    Hozirgi Tojikiston hududidan topilgan mazkur xazina haqida amaldagi maktab darsliklarida ham ma’lumot berilgan. Biroq O‘zbekiston hududidan topilgan xazinalar haqida darsliklarda lom-mim deyilmagan. Shuning uchun ham aksariyat kishilar maktabda Amudaryo xazinasi haqida eshitgan bo‘lsa-da, mamlakat hududidan topilgan ko‘plab xazinalar haqida hech narsani bilmaydi.

    36 kilogrammlik oltin buyumlar va fil suyagidan ishlangan dunyodagi eng qadimiy shaxmat donalari

    Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hududi xazinalar makoni. Tuman markazi — Sho‘rchi shahridan 10 kilometr shimoli-sharqda 47 gektarlik Dalvarzintepa shahri xarobalari yastanib yotibdi. U asrlar davomida ulkan xazinani o‘z bag‘riga olgan.

    Qazishmalardan ayon bo‘ladiki, ko‘hna shahardagi kengligi 12 metrga yaqin shoh ko‘chalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga borib taqaladi. 1972-yilda O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi shu uylarning biridan vazni salkam 36 kilogramm chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qadimiy bo‘lgan shaxmat donalarini topdi.

    Yarim metr chuqurlikdan qazib olingan ikki baldoqli sopol ko‘zachadagi oltin buyumlar soni 115 ta. Ular yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va boshqalardan iborat. Taxmin qilinishicha, xazina podsho amaldorlari, boylarga har xil taqinchoqlar tayyorlab beradigan zargarga tegishli bo‘lgan. Chunki ba’zi taqinchoqlar juda og‘ir, hatto bitta bilaguzuk 872 gramm sof oltindan iborat.

    Xazinadagi to‘g‘ri burchak shaklida tayyorlangan yombilar katta ilmiy ahamiyatga ega. Ular jami 21 ta, ammo 10 tasida qadimgi kxaroshti yozuvi bitilgan. Dalvarzintepa xazinasi milodiy I asrlarga to‘g‘ri keladi. Xazinaning eng qimmatli tomoni uning antik dunyo davri san’atida tutgan o‘rnidir.

    Bo‘stonliqda bo‘y ko‘rsatgan xazinalar

    Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla qishlog‘i nomi tarixda qoldi. 1955-yilda uning yaqinidan topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari “Burchmulla xazinasi” nomini oldi. Biroq so‘nggi bronza davriga oid mazkur xazinaning salmog‘i ko‘zni quvontiradigan darajada emas.

    Burchmulla xazinasi topilmalari miloddan avvalgi II-I mingyilliklar mobaynida yaratilgan 1 nayza uchi, 4 paykon va 3 ot yugani to‘qasidan iborat. Bugungi kunda mazkur xazina O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti fondida saqlanmoqda.

    Bo‘stonliqdan topilgan xazina shu bilan tugamaydi. Tumanning Sijjak qishlog‘idagi Ko‘kyong‘oq mavzeida, Piskom daryosining o‘ng sohilida topilgan moddiy madaniyat yodgorligi ham bor. U tarixda “Bo‘stonliq xazinasi” nomini oldi.

    1965-yilda cho‘pon Q.Ermatov tomonidan topilgan xazina O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi)ga topshirilgan. Xazinaning qiymati ancha tosh bosadi. U har birining og‘irligi 200 grammli 8 ta burama bilaguzuk, 8 ta tumor saqlanadigan quticha, 27 ta qo‘ng‘iroqcha, 1 ta buloqi (burunni teshib taqiladigan zirak) va bo‘yinga taqiladigan bir qancha zanjirlardan iborat. Bularning barchasi kumushdan yasalgan.

    Shunisi qiziqki, bilaguzuklar o‘yma, chizma va bosma usulda ishlangan bo‘lib, ikki uchi ilon boshi ko‘rinishida. Sirti esa turli geometrik shakl, naqsh va so‘g‘dcha yozuvlar bilan bezatilgan. Bo‘stonliq xazinasi milodiy XI asr birinchi yarmiga oid. Bu erdan qadimiy tangalar ham topilgan. Bo‘stonlik xazinasi Toshkent vohasining qadimgi aholisi madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

    Mis va kumush tangalar xazinasi

    Bundan tashqari, Angren shahridan taxminan 8 kilometr shimoldagi Dukent qishlog‘idagi o‘rta asrlarga oid Dahkat shahri xarobalaridan kumush va mis tanga xazinalari topilgan. Angren shahri yaqinida joylashgan qadimiy Ko‘hisim shahri xarobalari ham o‘zining 1962 va 1963-yillarda olib borilgan qazishmalar vaqtida topilgan X-XI asrlarga oid ikkita mis va kumush tangalar xazinasi bilan mashhur.

    Toshkentning shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan Oqota shahar xarobasidan 1960-yilda temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi)ga topshirilgan. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Ohangaron daryosi qadimiy o‘zani chap sohilida joylashgan Qanqa shahri xarobalaridan ham tangalar xazinasi, oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan taqinchoqlar topilgani bu diyor azaldan xazinalar makoni bo‘lganini isbotlaydi.

    Toshkent shahridan janubda, Chirchiq daryosining o‘ng sohilida, daryodan yarim kilometr narida joylashgan Xonobodtepa shahar xarobasi ham xazinalarga boy. U erdan VIII asrning birinchi yarmiga oid Choch hokimi Tarnabchaning silovsin tasvirli tangasi, Ustrushona hokimi Satachuriy II, So‘g‘d ixshidi Turgar (hukmronligi: 738–750), Turk hoqoni Eltegin tangalari va abbosiylar sulolasining mis fuluslaridan iborat xazina topilgan.

    Shuningdek, Afrosiyobni arxeologik qazishlar vaqtida turli davrlarga oid mis tangalar xazinasi topilgani, yoki Samarqandning Registon maydonidan topilgan XIV–XVI asrlarga oid metall buyumlarning yirik xazinasi ham katta ahamiyatga ega.

    Ermitaj ekspozitsiyalarida “Chelak xazinasi”

    Hozirgi Namangan viloyati Xok qishlog‘idan 1894-yilda metall buyumlar xazinasi topildi. Miloddan avvalgi II mingyillikning birinchi yarmiga oid bu xazina “Xok xazinasi” nomini oldi. U jami 6 ta buyumdan iborat bo‘lib, 5 tasi jezdan va bittasi kumushdan tayyorlangan. Bular ko‘za, pichoq bo‘lagi, 3 ta to‘g‘nog‘ich (bittasi kumushdan yasalgan), shuningdek, iskana bo‘lagi.

    To‘g‘nog‘ichlar juda mayda ishlangan bo‘lib, uning bir tomoniga buzoqcha hamda sigir sog‘ayotgan ayol juda ustalik bilan tasvirlangan. Xok xazinasi Farg‘ona vodiysi arxeologiyasida noyob hisoblanadi. U hozirda Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajining Sharq bo‘limida saqlanmoqda.

    Samarqand viloyati hozirgi Chelak shahar xarobasida 1961-yilda topilgan moddiy boyliklar “Chelak xazinasi” nomini oldi. Topilmalar 4 ta kumush idishdan iborat bo‘lib, ulardan biri sosoniylar davriga oid. Idishda shahanshoh Pero‘z (hukmronligi: 459–484) tasviri tushirilgan. Ikkinchi idish qalin bo‘lib, unda bir eftaliy zodagonning tasviri bor. Qolgan 2 idish yupqa, nozik ishlangan bo‘lib So‘g‘dda qilingan.

    Chelak xazinasi milodiy VI asr oxiri – VII asr boshida So‘g‘dda yashagan shaharlikning xonadonidan topilgan bo‘lib, bu yerga aftidan bir asr muqaddam kelib qolgan. Chelak xazinasi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda.

    26.08.2019, 15:15   Izoh (0)   93921
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jasur Umirov xonandalar Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonov mojarosiga nima sababdan “ensa qotadigan” munosabat bildirganiga oydinlik kiritdi (video)

    25.08.2019, 15:00

    “Faqat kulamiz”. Ozodbek Nazarbekov Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)

    25.08.2019, 13:40

    “Ko‘zim ochildi”. Xonanda Jasur Umirov qamoqxonadagi kunlari va janjali haqida gapirib berdi (video)

    25.08.2019, 12:45

    Amerikalik xayoliy gitarani chalish bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

    25.08.2019, 11:05

    “Tungi Registon, chiroyli raqqosalar, qiziq jarayon”. “Sharq taronalari”ning tayyorgarlik jarayonidan reportaj (foto)

    24.08.2019, 11:41

    “Sharq taronalari” festivali ishtirokchilari 25-avgustdan Registonda chiqishlarini boshlaydi

    23.08.2019, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.