25-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 3-turi doirasida so‘nggi 2 ta o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qildi.
Bellashuvdagi yagona golga mehmon jamoa hujumchisi Joelinton 27-daqiqada mualliflik qildi.
Shu tariqa “shporlar” o‘z uyida kechgan bahsda “Nyukasl”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Mazkur turdan so‘ng londonliklar 4 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. 19-o‘rinda borayotgan “Nyukasl” hisobida esa 3 ochko mavjud.
3-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
3-tur bahslari
25-avgust, yakshanba
“Vulverhempton”—“Byornli” 1:1
Gol: 0:1 — 13 Barns, 1:1 — 90, penalti, Himenes“Tottenhem”—“Nyukasl” 0:1
Gol: 0:1 — 27 Joelinton“Tottenhem”: Lyoris, Uoker-Piters (Eriksen, 62), Rouz (Devis, 88), Sanches, Alderveyreld, Lamela (Lo Chelso, 62), Sissoko, Lukas Moura, Uinks, Son Hyon Min, Keyn
“Nyukasl”: Dubravka, Lassels (Fernandes, 82), Dammett, Sher, Kraft, Heyden, Ritchi, Longstaff, Sen-Maksimen (Atsu, 17), Almiron, Joelinton (Muto, 88)
Ogohlantirishlar: Uinks (11), Ritchi (47), Rouz (66), Joelinton (87)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)