Vengriyada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: MOQ

Ayollar o‘rtasida KL3 yo‘nalishida 200 metr masofaga bo‘lib o‘tgan bellashuvda o‘zbekistonlik sportchi Shahnoza Mirzayeva oltin medalga chiqdi va bu borqali Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

Parakanoe bo‘yicha JCh. Vengriya

KL3-200 metr, ayollar

1. Shahnoza Mirzayeva (O‘zbekiston) – 47.29

2. Laura Shugar (Buyuk Britaniya) – 47.32

3. Shahlo Behruzirod (Eron) – 48.95

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir vakili Hayitmurod Sherqo‘ziyev VL3 yo‘nalishida marraga to‘rtinchi bo‘lib yetib kelib, u ham Tokio Paralimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘lgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!