Shifokorlar 59 yoshli ayolning tuxumdonidagi rekord darajadagi o‘simtani olib tashladi. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
“Jamoaning tibbiy yordamchisi ayol qattiq og‘riqdan shikoyat qilganini, nafas olishi qiyinligini va hattoki yota olmaganini aytgan. Shifokorlar bemorni barqarorlashtirgan va jiddiy tekshiruvni boshlagan, natijalari hatto tajribali shifokorlarni ham hayratda qoldirgan”, — deyiladi xabarda.
Olib tashlangan o‘smaning og‘irligi 25 kilogrammga yetdi va endi 29-sonli Bauman shahar klinik shifoxonasi shifokorlari Rossiya rekordlar kitobiga ariza yuborishni rejalashtirmoqda. Ayol tanasida o‘simta xavfsiz to‘qima bo‘lib chiqdi va uni olib tashlash bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi.
Izoh (0)