Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” boshqaruvi rahbarlari respublika hududlarida aholi va tadbirkorlar bilan sayyor qabullarni o‘tkazmoqda.

Bank boshqaruvi raisi Bahodir Mullaxonov 20-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy va Qo‘ng‘irot tumanlarida o‘tkazilgan ana shunday tadbirlarda qatnashdi.

Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farhod G‘ofurov 19—21-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida va Qarshi shahrida, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on tumanlarida va Termiz shahrida tadbirkorlar va aholi vakillari bilan muloqot qildi.

Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Alisher Murotov ishtirokidagi sayyor uchrashuvlar Namangan viloyatining Pop tumanida, Namangan va Andijon shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda ishtirokchilarning ko‘plab murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ko‘plab murojaatlar sayyor uchrashuvlar davomida o‘z yechimini topdi. Aholi va tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirlarda tadbirkorlar o‘z faoliyatiga xalal berayotgan muammolarni bildirdilar va qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Bank tarkibiy tuzilmalari rahbarlariga eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“Qishloq qurilish bank” vakillari sayyor uchrashuvlar doirasida hududlardagi qator kichik biznes subyektlarida ham bo‘lishib, tadbirkorlarning ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash, eksportni oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan biznes loyihalarini o‘rgandilar. Endilikda mazkur biznes loyihalarni moliyalash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

Sayyor uchrashuvlar mijozlar bilan muloqotning samarali formati sifatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar aholining va tadbirkorlarning bank xizmatlariga munosabatini ham aniqlashga yordam bermoqda. Bu esa bankning barqaror rivojlanishida va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda dolzarbdir.

“Qishloq qurilish bank” — farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar:

(+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg