• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda senatorlar qonunlar uchun ovoz berganda ism-shariflar bo‘yicha natijalarni ko‘rsatish taklif qilindi

    22-avgust kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva bir guruh jurnalist va blogerlarni Senat binosiga chaqirib, ular bilan uchrashuv tashkil qildi.

    Foto: Xushnud Xudoyberdiyev

    Foto: Xushnud Xudoyberdiyev

    Xushnud Xudoyberdiyevga ko‘ra, uchrashuvdan anglashilgan asosiy jihatlar quyidagicha bo‘ldi:

    bundan buyon Senat har yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida xalq oldida ochiq hisobot berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi;

    kelgusida Senatning yalpi majlislarini jonli efirda translyatsiya qilish rejalashtirilmoqda (bugun ilk marotaba ana shunday jonli efir bo‘ldi). Bu senatorlarning faoliyatini xalqqa yanada yaxshiroq tanishtirishga katta yordam beradi;

    yil oxirida bo‘lib o‘tadigan saylovlardan keyin yangi chaqiriqqa saylangan mahalliy kengashlarning faoliyatini keskin o‘zgartirish, ularning faolligini oshirish, shuningdek, ma’lum bir shtatda haq to‘lanadigan mahalliy deputatlar korpusini shakllantirish rejalashtirilmoqda;

    Senat o‘zining yangi binosiga ko‘chgandan keyin jurnalist va blogerlarga ish faoliyatida kerak bo‘ladigan zamonaviy qurilmalar, xususan, mobil telefonni olib kirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmoqda;

    uchrashuvda senatorlar qonunlarni yoqlab, qarshi bo‘lib yoki betaraf qolib ovoz berganda ekranda shunchaki raqamlar emas, balki ism-shariflar bo‘yicha natijalarni ko‘rsatish taklif qilindi. Shunda senatorlarning o‘ziga bo‘lgan mas’uliyati ortishi ta’kidlandi. Senat raisi ushbu taklifni ma’qulladi, ko‘rib chiqishini bildirdi;

    senatning yangilangan talqindagi sayti yaratilmoqda. O‘sha saytda har bir senatorning shaxsiy sahifasini yaratib, unda senator tomonidan qilingan ishlarni (yuborgan senatorlik so‘rovlari hamda murojaatlari, qaysi qonunlarni ma’qullab, qaysilariga qarshi bo‘lgani va h.k.) aks ettirish taklif qilindi. Shunda fuqarolar o‘zining hududidan mas’ul bo‘lgan senatorning faoliyatiga baho bera olish imkoniga ega bo‘ladi.

    Uchrashuv yakunida Tanzila Norboyeva jurnalist va blogerlar uchun Senat tomonidan yangi tanlov e’lon qilinganini ma’lum qildi. Senat faoliyatiga oid eng yaxshi materiallar saralanib, Konstitutsiya bayrami arafasida g‘oliblar taqdirlanadi.

    Dastlab Tanzila Norboyeva tanlov nomini “Senat — xalq manfaatlari himoyachisi” deb nomlashni taklif qildi. Ammo bloger Eldar Asanov tanlovning bu nomi jurnalist va blogerlar Senatni faqat maqtashi kerak, degan xulosani beradi, Senat faoliyati haqida tanqidiy materiallar ham yozilishi mumkinligini bildirib, nomni o‘zgartirishni taklif qildi. Senat raisi bu tashabbusni ma’qulladi, muhokamalardan so‘ng tanlov nomi “Senat xalq manfaatlarini qanday himoya qilmoqda?” deya ta’kid emas, so‘roq formasiga o‘zgartirildi.

    23.08.2019, 16:13   Izoh (0)   14968
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida ota o‘z o‘g‘lini pichoq bilan jarohatladi

    23.08.2019, 16:00

    O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga uchinchi kun pasaymoqda

    23.08.2019, 15:45

    Samarqandda ikkita Nexia to‘qnashishi oqibatida 56 yoshli yo‘lovchi jarohatlandi

    23.08.2019, 15:35

    Qashqadaryoda Damas haydovchisi 34 yoshli ayolni urib, qochib ketdi

    23.08.2019, 15:06

    “Afrosiyob” poyezdlari faqat sayyohlar va VIP-shaxslar uchunmi?

    23.08.2019, 14:14

    Senat tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

    23.08.2019, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.