Fransiyada 66 yoshli jarroh 250 nafar bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda. “Vesti.ru”ning xabar berishicha, erkak butun Fransiya davlati tarixida eng yomon pedofil, deb aytilmoqda.

Foto:  “Vesti.ru”

Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, Joel Le Skuarnek bolalarni 30 yil davomida zo‘rlagan. Uning bemorlari voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgan. Qayd etilishicha, ayrim hollarda zo‘ravonlikni jabrlanuvchilar behush yotgan paytda amalga oshirgan.

Jarroh axloqsiz xatti-harakatda birinchi marta 14 yil oldin gumonlangan. U bolalarga nisbatan zo‘ravonlik tasvirlangan suratlarni saqlaganlikda ayblangan. Shunga qaramay, erkakka kasbiy faoliyatini davom ettirishga yo‘l qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, shifokor 2017-yilda pedofillikda ayblanib, hibsga olingan. Hozirda erkakning jinoiy xatti-harakatlariga oid yangi dalillar paydo bo‘lmoqda. Gumonlanuvchining o‘zi unga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda, lekin kichik yoshdagi qizlarga nisbatan deviant xulq-atvorini tan olgan.

Tergov harakatlari davomida pedofil-shifokorning kundaligi topilgan bo‘lib, unda 250 nafar bolaga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlari batafsil bayon etilgan.

Hozirda politsiya kundalikda qayd etilgan bolalarning ota-onalarini so‘roq qilmoqda. Ularning ayrimlari, hatto buni sezmaganini aytgan.