• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari reytingi. Oksford eng yuqorida

    Dunyodagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalarini turli nashrlar, ilmiy tadqiqot markazlari va boshqa manbalar har yili turli yo‘nalishlar bo‘yicha baholab boradi.

    Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education World University Rankings (THE) nashri ham ana shunday dunyo OTM faoliyatini baholaydigan va reytinglarini tuzadigan nashr hisoblanadi. Ushbu nashr har yili dunyo OTMlar reytingini tuzadi va uning reytingi ham dunyodagi nufuzli reytinglardan biri hisoblanadi.

    Times Higher Education World University Rankings tomonidan e’lon qilingan reytingda dunyoning 86 mamlakatidan 1250 OTM o‘rin olgan.

    Times Higher Education har yili dunyoning eng kuchli OTMlarini reytingini tuzib keladigan nufuzli nashr hisoblanadi. Nashr dunyodagi ko‘plab OTMning ish faoliyatlarini doimiy kuzatib boradi.

    Ushbu reytingni tuzishda mukammal baholash uchun nashr OTMlarni 13 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholaydi. Ular beshta yo‘nalishga bo‘lingan. Bular:

    - o‘quv (o‘quv muhiti);

    - tadqiqot (hajm, daromad, obro‘);

    - iqtibos (tadqiqot ta’siri);

    - xalqaro ta’sir;

    - ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromad (bilimlarni uzatish).

    Reytingi har yili Times Higher Education Magazine jurnalida e’lon qilib boriladi.

    Quyida ushbu nashr tomonidan e’lon qilingan 2019-yilning eng nufuzli OTMlari reytingi bilan tanishtiramiz.

    10. Chikago universiteti, AQSh

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Chikago universiteti, nomidan ham ma’lum, Illinoys shtatida, Chikago shahrida joylashgan. U 1890-yilda tashkil etilgan.

    Universitet dunyodagi nufuzli oliygohlardan biri hisoblanadi.

    Universitetda turli fanlardan chuqur bilim beradigan kollejlar, aspiranturalar va yuksak darajada ta’lim beradigan oltita institut bor.

    Universitetda Pritsker nomidagi tibbiyot maktabi, But nomidagi biznes maktabi, huquqshunoslik instituti, Xarris nomidagi davlat siyosati maktablari bor.

    Universitet dunyoning ko‘plab boshqa reytinglarda ham yuqori o‘rinlarni egallaydi.

    Universitetda 17 mingga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    9. London imperiya kolleji, Buyuk Britaniya

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    London imperiya kolleji shaharning Janubiy Kensington mavzesida joylashgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

    London imperiya kolleji Oksford va Kembrij universitetlari bilan birga “Oltin uchburchak” deb ataladi. Ushbu OTM dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanadi.

    OTMda muhandislik, tibbiyot va biznes sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlanadi. U ham ana’naviy tarzda har yili dunyoning eng nufuzli OTM reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

    OTMda 15 mingga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    8. Yel universiteti

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yel universiteti dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. U Konnektikut shtatidagi Nyu-Xeyven shaharchasida joylashgan.

    Yel universiteti ham Prinston universiteti kabi asosan ilmiy tadqiqotlarga asoslangan yo‘nalishlar bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlaydi.

    Yel universiteti Garvard va Prinston universitetlari bilan birgalikda “Katta uchlik” deb ataladi.

    Universitet tarkibida 12 ta yo‘nalish, Yel kolleji, aspirantura va gumanitar fanlar, yurisprudensiya, tibbiyot, atrof-muhitni asrash va biznes yo‘nalishlari kabi turli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitadigan o‘nta fakultet bor.

    Universitetda 13 mingga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    7. Prinston universiteti, AQSh

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Prinston universiteti AQShdagi ko‘hna universitetlardan biri hisoblanadi. U nafaqat AQShdagi, balki dunyodagi obro‘li universitetlardan biridir.

    Prinston universitetida gumanitar, ijtimoiy va texnika fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi.

    Universitetda Vudro Vilson nomidagi xalqaro munosabatlar maktabi bor. Maktabda muhandislik va unga tegishli fanlardan chuqur bilimlar beriladi. Shuningdek, bu yerda me’morchilik chuqur o‘qitiladigan maktab ham bor.

    Universitetda 8 mingdan oshiq talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    6. Garvard universiteti, AQSh

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Garvard universiteti nafaqat AQShdagi, dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, bu universitet AQShdagi eng birinchi ochilgan universitetdir.

    Bu universitet ham Massachusets shtatida, Boston shahri yaqinidagi Kembrij shaharchasida joylashgan. Oliygoh bitiruvchilari, tinglovchilari va o‘qituvchilari orasidan 75 nafar Nobel mukofoti sovrindori yetishib chiqqan.

    Garvard universiteti nafaqat AQShdagi, balki dunyodagi bitiruvchilari orasidan eng ko‘p milliader yetishib chiqqan universitet hisoblanadi. Uning kutubxonasi ta’lim muassasalari kutubxonalari orasida eng yirik, AQSh kutubxonalari orasida esa uchinchi o‘rinda turadigan kutubxona hisoblanadi.

    Universitetda 25 mingga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    5. Kaliforniya texnologiya universiteti, AQSh

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kaliforniya texnologiya universiteti Kaliforniya shtatida, Pasadina shaharchasida joylashgan. Bu universitet AQShdagi eng nufuzli OTMlaridan biri hisoblanadi hamda Massachusets texnologiya instituti bilan birgalikda aniq fanlar va texnologiyalar sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlaydigan eng nufuzli universitet sanaladi.

    Shuningdek, universitetda reaktiv harakatlar laboratoriyasi mavjud bo‘lib, NASAning kosmik apparatlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi.

    Ushbu universitet bitiruvchilari, tinglovchilari va o‘qituvchilari orasidan 31 nafar Nobel mukofoti sovrindori chiqqan.

    Universitetda 2 500 ga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    4. Massachusets texnologiya instituti, AQSh

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ushbu oliy ta’lim dargohi Massachusets texnologiya instituti deb nomlansa-da, aslida u universitet hisoblanadi. U Massachusets shtatida, Boston shahri yaqinidagi Kembrij shaharchasida joylashgan.

    Massachusets texnologiya instituti dunyoning ko‘plab reytinglarida yuqori o‘rinlarda turadi. Ayniqsa robototexnika, dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, fizika, kimyo, matematika va boshqa sohalarda yetuk mutaxassislar chiqarishi bilan dong taratgan.

    Shuningdek, u menejment, iqtisodiyot, lingvistika, siyosiy fanlar va falsafa sohalari bo‘yicha ham yetuk mutaxassislar tayyorlaydi.

    Universitetda 12 mingga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    3. Stenford universiteti, AQSh

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Stenford universiteti nafaqat AQShdagi, balki dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. U San-Fransiskodan 60 kilometr janubdagi Palo-Alto shaharchasida joylashgan.

    Universitetning yuridik, tibbiyot, texnika, musiqa va boshqa ko‘plab sohalarda yetuk mutaxassislar tayyorlaydigan turli fakultetlari bor. Uning tarkibida bir nechta maxsus oliy maktab va ilmiy-tekshirish markazlari bor.

    Universitet dunyoning ko‘plab boshqa reytinglarida ham doim yuqori o‘rinlarni egallab keladi.

    Hewlett-Packard, Electronic Arts, Sun Microsystems, Nvidia, Yahoo!, Cisco Systems, Silicon Graphics, Google kabi dunyoga mashhur kompaniya va korporatsiyalarni ushbu universitet bitiruvchilari ochgan va katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

    Universitetda 17 mingga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    2. Kembrij universiteti, Buyuk Britaniya

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kembrij universiteti Buyuk Britaniyadagi Oksford universitetidan keyingi eng qadimiy universitet hisoblanadi. Shuningdek u mamlakatdagi Oksford universitetidan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi eng yirik oliygohdir.

    Kembrijda o‘quv mashg‘ulotlar, talabalar va aspirantlarning ilmiy ishlari umumiy soni oltita bo‘lgan universitet “maktab”larida olib boriladi

    Har bir maktabning boshqaruv administratsiyasi, bir nechtadan fakulteti, ilmiy-tekshirish institutlari, laboratoriyalari bor.

    Kembrij universitetiga aloqador, bitiruvchilar, tinglovchilar va o‘qituvchilar Nobel mukofoti olish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Ushbu universitetning 88 bitiruvchi va tinglovchilari va o‘qituvchilari ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan.

    Ushbu universitetda 20 mingga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi. Ularning 34 foizi xorijlik talabalardir. Kembrijda 8 ming o‘qituvchi ishlaydi.

    1. Oksford universiteti, Buyuk Britaniya

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mana uch yildirki, Oksford universiteti ushbu reytingda birinchi o‘rinni hech kimga bermay kelyapti. Tadqiqotlar bilan shug‘ullanish ko‘lami, tadqiqotlar soni, tadqiqotlarning muvaffaqiyatli chiqishi va yana bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha ushbu universitet bir necha yildan beri eng yuqori natijalarni ko‘rsatyapti.

    Oksford universiteti Buyuk Britaniyadagi eng yirik va eng qadimiy oliygoh sanaladi. Umumiy hisobda ushbu reytingdan Buyuk Britaniyaning 24 ta nufuzli OTMlari o‘rin olgan.

    Oksfordda ta’lim olish pullik va u bu yo‘nalishda dunyodagi eng qimmat OTM hisoblanadi.

    Shuningdek, Oksford dunyodagi ko‘plab boshqa reytinglarda ham eng yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.

    Universitetda 20 mingga yaqin talaba bakalavr va magistrlik diplomi uchun tahsil oladi.

    23.08.2019, 09:35   Izoh (0)   227511
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston O‘zbekistonga yirik shoxli chorva sotishni taqiqlash rejasidan qisman voz kechdi

    23.08.2019, 09:22

    YouTube Gonkongdagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishga uringan 210 ta kanalni o‘chirib qo‘ydi

    23.08.2019, 08:40

    Polshada yashin urishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

    23.08.2019, 07:42

    Pensiya olish maqsadida o‘zini 34 yoshga “qaritgan” dog‘istonlik amaldor qo‘lga olindi

    23.08.2019, 07:28

    Italiyadagi plyajdan 40 kg qumni olib ketishga uringan turistlar qo‘lga olindi

    23.08.2019, 07:14

    Ukraina aholisi soni 42 mln kishigacha kamaydi

    22.08.2019, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston samolyot va aviakompaniyalar soni bo‘yicha MDH mamlakatlari uchligiga kirdi

    Dunyo | 14 may, 15:05

    Kann kinofestivali ochilish marosimidagi yulduzlarning eng yorqin obrazlari

    Layfstayl | 14 may, 14:50

    Iroq 19 mingdan ortiq mahbusni, jumladan, ISHID sobiq a’zolarini ham ozod qildi

    Dunyo | 14 may, 14:25

    Tramp Suriya prezidenti bilan uchrashdi (video)

    Dunyo | 14 may, 14:24

    World Boxing. Musobaqaning ikkinchi kuni 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi

    Sport | 14 may, 14:19

    Toshkentdagi omborda yirik yong‘in yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 14 may, 14:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.