Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bino barcha zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 30 nafar, bir kunda 400 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsata oladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Binoda Bosh vazir qabulxonasi, investorlar uchun xizmat ko‘rsatish xonasi, kutish zali, bolalar maydonchasi joylashgan, infokiosk, bankomat va boshqa qulayliklar mavjud. Elektron navbat, internetdan foydalanish uchun bepul WiFi tashkil etilgan.
Markazda 100 ga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.
Izoh (0)