22-avgust, payshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/4 finali doirasida navbatdagi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi Namanganning “Navbahor” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvdagi yagona gol 37-daqiqada urildi. Unga qarshiliklar hujumchisi Humoyun Murtazoyev mualliflik qildi. Shu tariqa “Nasaf” “Navbahor”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shu kuni Shota Arveladze boshliq Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Termizning “Surxon” klubini sinovdan o‘tkazdi.
O‘yinning 21 va 89-daqiqalarida “sherlar” hujumchisi Igor Sergeyev raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Paxtakor” “Surxon” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqaning 1/2 finaliga chiqdi.
O‘zbekiston Kubogi
1/4 final bahslari
22-avgust, payshanba
“Navbahor”—“Nasaf” 0:1
Gol: 0:1 — 37 Humoyun Murtazoyev“Paxtakor”—“Surxon” 2:0
Gol: 1:0 — 21 Igor Sergeyev, 2:0 — 89 Igor SergeyevYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)