21-avgust, chorshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining chorak final uchrashuvlariga start berildi.
Kunning dastlabki o‘yinida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Omaliqning OKMK jamoasi “Oqtepa” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv davomida Olmaliq klubi yarim himoyachisi Dilshod Jo‘rayev (22) o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, hujumchi Elguja Grigalashvili het-trikka erishdi (43, 44, 53). “Oqtepa” klubidan esa Pavel Purishkin OKMK darvozasini 3 bor aniq nishonga oldi (48, 49, 87).
Shu tariqa OKMK musobaqaning chorak finalida “Oqtepa”ni 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu kuni Vadim Abramov boshliq Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Jizzaxning “So‘g‘diyona”si bilan bahsga kirishdi.
Bellashuvda jizzaxliklar yarim himoyachisi Jasur Hasanov tomonidan kiritilgan golga (2) “qaldirg‘ochlar” Mirjahon Mirahmadov (55) hamda Shohrux Gadoyevning (90+4) gollari bilan javob qaytardi.
Natijada “Bunyodkor” “So‘g‘diyona” bilan kechgan bahsda kichik ustunlik bilan g‘alaba qozondi va 1/2 finalga yo‘l oldi.
O‘zbekiston Kubogi
1/4 final bahslari
21-avgust, chorshanba
“Oqtepa”—OKMK 3:4
Gollar: 0:1 — 22 Dilshod Jo‘rayev, 0:2 — 43 Elguja Grigalashvili, 0:3 — 44 Elguja Grigalashvili, 1:3 — 48 Pavel Purishkin, 2:3 — 49 Pavel Purishkin, 2:4 — 53 Elguja Grigalashvili, 3:4 — 87 Pavel Purishkin“So‘g‘diyona”—“Bunyodkor” 1:2
Gollar: 1:0 — 2 Jasur Hasanov, 1:1 — 55 Mirjahon Mirahmadov, 1:2 — 90+4 Shohrux GadoyevYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)