Shotlandiyada sadoqatli it egasining o‘limidan 15 daqiqa o‘tib vafot etdi
Shotlandiyaning Alloa shahrida sadoqatli it egasining o‘limidan 15 daqiqa o‘tib, vafot etdi, deb yozadi Daily Mirror.
25 yoshli Styuart Xatchison sakkiz yil mobaynida miya saratoni bilan kurashgan. U kimyoviy terapiya kursini va bir nechta operatsiyalarni boshidan o‘tkazgan.
Yigit umrining so‘nggi kunida qaynotasi ularnikiga tashrif buyuradi va kuyovining itlaridan biri — Nero o‘zini yomon his qilayotganini sezadi. Jonivorni veterinariya kasalxonasiga olib borganida, shifokor jonivorning umurtqa pog‘onasi shikastlanganini aniqlaydi, ammo itga yordam bera olmaydi, u vafot etadi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bundan 15 daqiqa avval itning xo‘jayini — Styuart Xatchison ham hayotdan ko‘z yumgan ekan.
