Rossiyaning Chelyabinsk shahrida ovchi miltig‘idan yosh rafiqasini otib o‘ldirgan deputat qo‘lga olindi, deb yozadi “NTV.ru”.
Mahalliy kasalxonada bosh shifokor bo‘lib ishlovchi deputat Azat Zaripov “Qotillik” moddasi bo‘yicha ushlangan.
Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, kechqurun ovdan qaytgan Zaripov yig‘ilmagan to‘shak va yuvilmagan idish-tovoqlarni ko‘rib, rafiqasini xiyonat qilishda gumon qilgan. Ayol haqiqatan ham jazmani borligini tan olgan. Erkak miltig‘ini olib, xotiniga ikki marta o‘q uzgan.
Shundan keyin Zaripov darhol tez yordam va politsiyani chaqirgan. Ayolga yordam berishga urinishgan, ammo u kasalxonada vafot etgan.
Qotillik chog‘ida uyda ularning uch farzandi bo‘lgan, bolalarning eng kichigi — besh yoshda.
Izoh (0)