Olmaliq shahrida Abdulla Qahhor ko‘chasida yashovchi 25 yoshli M.A. 18 yoshli ukasi A.A. bilan mobil telefonini talashib qolib, o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan ukasining bo‘yin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekiston Prokuraturasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, voqea 20-avgust kuni soat 19:30 larda sodir bo‘lgan. A.A. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yo‘lda vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)