Kanada Alyaskasiga sayohat qilgan fransiyalik bastakor Jyulyen Gotye grizli ayiqlari hujumi qurboni bo‘ldi.
44 yashar Gotye biolog va fotograf Kamil Toskani hamrohligida safarga otlangandi. Juftlik Makkenzi daryosi bo‘ylab 1,5 ming kilometrni ortda qoldirishni ko‘zlagan.
Toskanining aytishicha, 15-avgustga o‘tar kechasi ayiq uxlab yotgan o‘rtog‘ining bo‘ynidan tutib, chodirdan o‘rmonga olib ketgan. Bastakorning jasadi ertasi kuni shu yerdan topildi.
Izoh (0)