Barak Obama oilasi bilan 2013-yilning yozida AQShning Viskonsin shtatida joylashgan hashamatli yozgi dala-hovlisida o‘z ta’til vaqtini o‘tkazganidan so‘ng, uy haqida keng jamoatchilik xabar topgan. OAVlar darrovgina uyga “Yozgi Oq uy” deb nom ham berib olgan.
Ushbu qarorgoh Martaning Uzumzorlari (Martha’s Vineyard) deb nom olgan orolda joylashgan bo‘lib, hovlisida katta basseyn hamda okean bo‘yidagi shaxsiy sohilga ega. Uyning derazalaridan poyoni yo‘q okeanga ajoyib manzara ochiladi. Oila a’zolari oqshomlari bir joyda yig‘ilish uchun, uyning qoq markaziga o‘tinli kamin ham qurilgan.
Umumiy maydoni 0,21 gektarni tashkil qilgan uy hududi Yangi Angliyaning klassik arxitekturasi bilan birga zamonaviy estetikasini uyg‘unlashtira olgan. Oshxona hamda mehmonxonaning devorlari shiftidan yerigacha bo‘lgan qismi to‘liq oynadan ishlangani uchun xonalar yorug‘ va fayzli ko‘rinishga ega. Yo‘laklar (koridor) qimmat suratlar bilan bezatilgan bo‘lib, huddi muzeyda yurganingizdek taassurot uyg‘otadi.
Barak Obamaning “dacha”si deb e’tirof etilgan uy 2017-yil oxirida 22,5 million dollarga baholanib, sotuvga qo‘yilgandi. Biroq, bugunga kelib uy sotilgan-sotilmagani haqida hech qanday aniq ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)