Qozog‘istonlik 12 yoshli Jamila Ahmetova AQSh prezidenti Donald Trampdan minnatdorchilik xati oldi, deb yozmoqda “Kazinform”.
Ma’lum bo‘lishicha, 12 yoshli Jamila Ahmetova 6 yil davomida AQShda o‘qigan onasi bilan birga vataniga qaytgan.
Ularning qarindoshlari Jamilaning a’lo baholarga o‘qigani uchun olgan ko‘plab sertifikatlari, faxriy yorliqlari orasida AQSh prezidenti Donald Tramp imzolagan minnatdorchilik xatini ko‘rib hayron qolgan.
AQShda shunday amaliyot bo‘lib, prezident bolalarga minnatdorchilik bildiradi. Bu esa qizning qarindoshlari uchun yangilik bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, qozog‘istonlik qiz minnatdorchilik xatini “a’lo darajadagi akademik bilimlari uchun” olgan.
Izoh (0)