Buxoro viloyati hududida davlat soliq xizmati alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga barham berishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazdi. Bu haqda Buxoro viloyati soliq xizmati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buxoro shahrining “Dilkusho” MFY hududida fuqaro Sh.N. noqonuniy ravishda, hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini sotganligi aniqlandi. Uning 98 turdagi 873 dona jami bahosi 16 400 000 so‘mlik alkogol mahsuloti xolis guvohlar ishtirokida vaqtincha saqlash uchun rasmiylashtirilib olindi.
Shuningdek, Buxoro tumani Xasan Attor qishlog‘idagi do‘konda o‘tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida ham fuqaro J.X. tomonidan savdoga qo‘yilgan 3 turdagi 53 dona 1 055 000 so‘mlik alkogol mahsulotining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Ma’lumot o‘rnida, shu yilning iyul oyida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda 16 ta alkogol mahsuloti bilan noqonuniy savdo qilish holatlari aniqlanib, 213 turdagi jami bahosi 25 000 000 so‘mga yaqin alkogol mahsulotlari savdodan olib qo‘yildi.
Izoh (0)