Germaniya kansleri Angela Merkel birinchi marta bundan 23 yil avval kiygan libosida omma oldida ko‘rinish berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bu kiyimni u 2002-yilda Bayroytdagi Vagner musiqa festivali ochilishida ham kiygan edi.
Havorang va pushti rangli yorqin shoyi libosda siyosatchi 2008 va 2017-yillarda ham namoyon bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Germaniya kansleri libosiga ijobiy munosabat bildirib, jamoat arboblari aynan shunday namuna ko‘rsatishi kerakligini aytdi.
Izoh (0)