Kengash Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisini joriy yil 23-avgust kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati

Majlis kun tartibiga Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Shuningdek:

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi;

“Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi;

“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi;

“Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.