Kino va multiplikatsiya rejissori, animator Richard Uilyams 16-avgust kuni 86 yoshida Bristoldagi uyida vafot etdi, deb yozadi Meduza.

Foto: Getty Images

Richard Uilyams Robert Zemekisning “Quyon Rojerni kim oyog‘idan chaldi?” badiiy filmidagi animatsiyani yaratgani bilan mashhurdir. U quyon Rojer va uning rafiqasi Jessika Rebbit personajlarini yaratgan.

O‘z karyerasi davomida Uilyams uch karra “Oskar” va yana shuncha marta BAFTA mukofotlarini qo‘lga kiritgan.