• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Gruziya milliy sayyohlik ma’muriyati mamlakatning sayyohlik salohiyatini O‘zbekistonda namoyish etdi va tashrif buyurish uchun eng muhim 10 ta sababni keltirdi

    Taqdimot 14-avgust kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “O‘zbekturizm” ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Gruziya — Kavkazning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan mamlakat. Bu Sharqiy Yevropaning Qora dengiz sohilida, Yevropa va Osiyo qit’alarining tutashgan qismida joylashgan kichik bir davlat hisoblanadi. Bu Qora dengiz sohillarining yumshoq subtropiklarini va tog‘ etaklarining gullaydigan va serhosil vodiylarini, tog‘larning qattiq tosh devorlari va Kavkaz tog‘ tizmasidan o‘tgan chuqur daralarni birlashtirgan mamlakatdir.

    Kichkina Gruziyaning ulkan tarixiy va madaniy merosi qadimda Gomer tomonidan ham madh qilingan. Mamlakatda 10 000 ga yaqin madaniy va tarixiy yodgorliklar mavjud. Gruziya xalqi azaldan mehmondo‘stligi va boy an’analari bilan mashhur bo‘lgan.

    Xalqaro sayohatchilar statistikasiga ko‘ra, 2018-yilda Gruziyaga 8 679 544 nafar kishi va shu yilning dastlabki besh oyida esa taxminan 2 988 478 nafar turist tashrif buyurgani qayd etilgan.

    Gruziya milliy sayyohlik ma’muriyatining vakili Magda Sanikidze mamlakatning imkoniyatlari haqidagi taqdimoti bilan so‘zga chiqdi va o‘z nutqida u mintaqa bilan tanishish hamda dam olish uchun juda jozibador ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Umuman olganda, sayyohlik manbalariga 103 ta kurort va 182 ta kurort zonasi, 40 ta tabiat yodgorligi, 10 ta milliy bog‘, 2400 ta mineral suv manbasi, 12000 ta tarixiy va madaniy yodgorlik kiradi.

    Gruziyaning xalqaro reytingdagi o‘rnini ham ta’kidlab o‘tish lozim:

    — Biznes yuritish qulayligi ko‘rsatkichi bo‘yicha 6-o‘rin;

    — Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha 16-o‘rin;

    — Xavfsizlik indeksi bo‘yicha dunyoda 5-o‘rin;

    — Tez rivojlanayotgan davlatlar indeksi bo‘yicha dunyoda 4-o‘rin (2017), 2016-yilda esa Gruziya xuddi shu indeks bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan edi.

    Liberal viza rejimi va elektron vizalar sayyohlarga soddalashtirilgan tizim bo‘yicha mamlakatga kirish imkonini beradi. Masalan, 50 mamlakatning yashash huquqiga ega 98 mamlakat fuqarolari Gruziyaga vizasiz tashrif buyurishi mumkin.

    Gruziyaga tashrif buyurishning eng muhim 10 ta sababi

    1. “Vinochilik beshigi” va mazali oshxona. Uzumchilik — Gruziya tarixining ajralmas qismidir. Bugungi kunda noyob tabiiy sharoitlardan mohirona foydalanish, ko‘p asrlik tajriba va sharob yetishtirishning o‘ziga xos usullarini ehtiyotkorlik bilan ishlatish Gruziya uzumchiligi va vinochiligi uchun juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqaro sharob bozorining talablari inobatga olinishi kerak.

    Oshxonaga kelsak, gruzin oshxonasi mamlakatdagi eng diqqatga sazovor maskandir. An’anaviy Gruziya bayrami dasturxoni — bu allaqachon xalqlarning umumiy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, gruzin dasturxoni ushbu yuqori darajaga mos kelishi kerak. Shu sababli gruzin oshxonasi Kavkazorti, shuningdek, Osiyo va Qora dengiz yaqinidagi ko‘plab xalqlarining eng yaxshi oshpazlik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xarcho, xachapuri, xinkali va boshqa ko‘plab yeguliklarni Gruziyaning mehmondo‘st dasturxonida ko‘rish mumkin.

    2. Boy madaniyat. Gruziya madaniyati — bu ekzotik, sirli va qadimiy madaniyat bo‘lib, uning tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. Kichik Osiyo, Yevropa, Fors, Arab, Usmonli va Uzoq Sharq madaniyatlari elementlari Gruziyaning o‘ziga xos etnik xususiyatiga ta’sir ko‘rsatgan va uni dunyodagi eng noyob va mehmondo‘st madaniyatlardan biriga aylantirgan. Gruzinlar an’anaviy ravishda mehmonlarni samoviy tuhfa ekanligiga ishonadi, shuning uchun ularning samimiyligi va noodatiy nazokati har qanday sayohatchining qalbini zabt etadi.

    3. Noyob alifbo. Gruzin tili maxsus alifbo tizimiga ega, dunyodagi minglab eng xilma-xil tillar foydalanadigan oz sonli alifbo tizimlaridan biri. Zamonaviy gruzin alifbosi 33 harfdan iborat bo‘lib, u eramizdan avvalgi V asrdan keyingina aramey va yunon yozuvlari ta’siri ostida yaratilgan. Ilk asrlardan boshlab qadimgi gruzin mrlovani (asomtavruli) yozuvi qo‘llanilgan. IX asrdan boshlab Nusxuri (cherkov) yozuvi va XI asrdan boshlab esa Mxedruli (fuqarolik) yozuvi qo‘llanila boshlangan. Gruzin alifbosining har bir harfi san’at asari hisoblanadi.

    4. UNESKOning butunjahon merosi obyektlari. Gruziya 1992-yil 4-noyabrda Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Gruziyada joylashgan birinchi obyektlar 1994-yilda UNESKOning Butunjahon meros qo‘mitasining 18-sessiyasida ro‘yxatga olingan. Bular — Gruziyaning qadimgi poytaxti, Msxeta shahridagi Svetitsxovelining XI asr patriarxal sobori, VII asrning Jvari ibodatxonasi, Tbilisi yaqinida joylashgan Msxetadagi XI asrning Samtavro monastiri, shuningdek, Kutaisidagi XI asrning Bagrat Ibodatxonasi va XII asrning Gelati monastirlaridir.

    5. Yevropadagi eng baland manzilgoh (Ushguli). Gruziyadagi eng baland tog‘ ovuli xushmanzara Yuqori Svanetining eng uzoq burchagida, qorli tog‘lar etagida, ovloq joyda joylashgan. Bu joyga yetib borishning mushkulligiga qaramay, bu maskan ushbu ajoyib mamlakatga tashrif buyurgan har qanday sayyohning orzusi hisoblanadi. Ushguli ovuli dengizdan 2200 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u Yevropadagi eng baland tog‘li aholi punktlaridan biridir.

    Haqiqatan ham bu holatda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi chegara qayerdan o‘tgani noma’lum, ammo juda chiroyli jaranglaydi, to‘g‘rimi? Buni aniq va ishonch bilan aytish mumkinki, bu Gruziyaning odamlar yashaydigan eng baland tog‘li joyidir. Ha, gap balandlikda emas, balki deyarli o‘rta asrlar ovulini o‘rab turgan go‘zallik haqidadir.

    6. Birinchi Yevropa sivilizatsiyasi. Yevropa sivilizatsiyasi dastlab aynan Gruziyada paydo bo‘lgan. Hozirgi G‘arbiy Gruziya hududida yuqori paleolit davrida bir kishi ipni ixtiro qiladi (34 ming yil oldin). Bu odatiy ixtiro bo‘lib tuyulishi mumkin edi, ammo bu juda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Bu ota-bobolarga kiyimlarni to‘qish va tuzatish, poyabzal yaratish va uyni oddiy buyumlar yordamida o‘rab olishga imkon bergan. Ushbu topilmaga qadar kelib chiqishi Imeretiya viloyatidan bo‘lgan kishi Chexiyada aniqlangan qichitqi o‘tli topilma eng qadimiy ip deb hisoblangan. Ammo 2007-yilda kashf etilgan gruzin zig‘ir tolasi deyarli 5 ming yillik tarixga ega.

    7. Flora va fauna. Gruziyaning tabiati ko‘p qirrali, ammo shunchaki betakrordir. Milliy bog‘lar va qo‘riqlanadigan hududlar mamlakatning 7 foizini tashkil qiladi. Himoyalangan hududlarning 75 foizi o‘rmonlardan iborat. Gruziya 14 ta milliy qo‘riqxona, 9 ta milliy bog‘, 17 ta muhofaza qilinadigan hudud, 14 ta milliy yodgorlik va 2 ta qo‘riqlanadigan landshaftga ega.Gruziyada boshqa davlatlar bilan solishtirganda, katta o‘rmon maydoni va baland alp zonasi tufayli hayvonlarning ko‘proq turlari yashaydi. Endemik flora va hayvonot dunyosi (endemik — o‘simliklar va hayvonlar, ularning tarqalishi nisbatan kichik hudud bilan cheklangan) juda ko‘p. Birgina o‘simlik dunyosida 500 ga yaqin endemik o‘simlik turlari mavjud. Rioni daryosining sohilidagi Eldar tizmasining qoyali jarliklarida dunyoda yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi Eldar qarag‘ayzorlari saqlanib qolingan.

    Hayvonot dunyosining endemik turlari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. “Qushlar qiroli” — gruzin va kolxid qirg‘ovulini, faqatgina Abxaziya, Svanetiya va Adjariyaning tog‘li qismlarida uchratish mumkin bo‘lgan prometey sichqoni o‘zining noyob burama shoxlari bilan Kavkaz takasi.

    8. Serquyosh o‘lka va dengiz kurortlari. Gruziyada dengizda dam olish bu yerda yozgi ta’tilni o‘tkazishning eng mashhur usullaridan biridir. Qora dengiz to‘lqinlari, puxta o‘ylangan plyajlar, mevalar va issiq quyosh — bu to‘yingan hordiqning tarkibiy qismidir. Gruziyaning asosiy dengiz kurorti Batumi shahri hisoblanadi. Batumidagi plyajlar asosan toshlardan iborat. Dengiz nisbatan toza, suv esa iliq. Plyajlarda odamlar soni, hatto sayyohlik mavsumining eng avjiga chiqqan paytida ham unchalik ko‘pchilikni tashkil etmaydi — har doim bo‘sh joylar mavjud.

    O‘z-o‘zidan dam olish uchun Kobuleti eng maqbul variant hisoblanadi. Kobuleti zamonaviy kurort va odatiy sovet kurortining aralash turiga o‘xshaydi. Bu yerda siz zamonaviy mehmonxonalarni ham, xususiy sektorda katta turar joylarni ham topishingiz mumkin. Shuningdek, Gruziya Gonio va Kvariati, Chakvi, Sarpi kurorti, Grigoleti va boshqa ko‘plab qishloqlar bilan mashhur.

    9. Tog‘lar va sayohatlar. Gruziya tog‘lari tafakkurni kengaytiradigan va bir vaqtning o‘zida qat’iylikni talab qiladigan joy. U yerda siz dam olishingiz, kundalik tashvishlardan qochishingiz va o‘zingizning yangi qirralaringizni kashf qilishingiz mumkin. Yaqinda tog‘ aholisi mehmonlarni qabul qilish uchun o‘z uylarini mehmonxonalarga aylantirishni boshladi, shuning uchun uy-joy bozori, hatto olis joylarda ham kengaymoqda. Ba’zi manzillar, masalan, Kazbegi yoki Mestiya yuqori toifadagi mehmonxonalarni taklif etadi, ularda siz tabiatning sofligi va sokinligidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    10. Yangi yo‘nalish. Gruziya — sayyohlik sanoatidagi yangi yo‘nalish. Bu O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu yozda uzoq kutilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent—Tbilisi reysining ochilishi bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston va Gruziya aviatsiya ma’murlari bir necha oy davom etgan ikki mamlakat o‘rtasidagi havo qatnovlarini boshlash bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi.

    Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistondan Gruziyaga tashriflar soni rekord darajada o‘sdi. Yanvar—mart oylarida O‘zbekiston fuqarolari Gruziyaga 4,5 ming martadan ko‘proq tashrif buyurdi, bu 2018-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 279,4 foizga ko‘p.

    Gruziyaning favqulodda va muxtor elchisi Zurab Abdushelishvili ushbu tadbirda sayyohlik salohiyati taqdimoti doirasida so‘zga chiqib, mamlakat har doim mehmonlarni qabul qilishdan mamnun ekanligini ta’kidladi.

    Taqdimotdan so‘ng Gruziyaning asosiy sayyohlik kompaniyalari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi va O‘zbekiston kompaniyalarini B2B sessiyasi doirasida hamkorlikni taklif qildi. Shuningdek, mehmonlarga gruzin oshxonasining lazzatli taomlari bilan to‘ldirilgan dasturxon yozildi.

    Reklama huquqi asosida.

    17.08.2019, 15:00   Izoh (0)   19551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Talabalikka tavsiya qilinmadingizmi? Afsus chekmang, sizda ajoyib imkoniyat mavjud!

    17.08.2019, 09:00

    Qibray center — go‘zal ekologik va qulay turar joy hamyonbop narxlarda!

    16.08.2019, 15:00

    Promzona Leasing mahalliy ishlab chiqarishga mansub qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish uchun 5 yilga yillik 8 foizli lizing taklif etadi

    16.08.2019, 12:00

    Talaba bo‘lishingiz uchun “Gold consult”dan ajoyib taklif!

    16.08.2019, 09:06

    “Straus House” kompaniyasi nomidan sotilayotgan tuyaqush jo‘jalarini olib, aldanib qolmang! Kompaniya rahbari bilan intervyu

    15.08.2019, 15:32

    Mening sochlarim to‘kilyapti, yordam bering, iltimos!

    15.08.2019, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari oshiriladi

    O‘zbekiston | 22 may, 10:06

    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

    Reklama | 22 may, 09:00

    “Roma” APL klubi ustozi bilan shartnoma imzolamoqchi

    Sport | 22 may, 09:45

    Isroil harbiylari xorijlik diplomatlarga o‘t ochdi (video)

    Dunyo | 22 may, 09:40

    O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklariga yangi huquqlar berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 22 may, 09:17

    AQSH Rossiyaga yetib bora oladigan raketani sinovdan o‘tkazdi (video)

    Dunyo | 22 may, 09:00

    Son Xyon Min: “Men afsonaman”

    Sport | 22 may, 08:45

    Putin maslahatchisi SSSR “yuridik jihatdan” mavjudligini ta’kidladi

    Dunyo | 22 may, 08:32

    Yevropa Ligasi. “Tottenhem” Yevropa Ligasi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 22 may, 07:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.