O‘zbekistonlik bloger o‘zini poyezd ostiga tashlab, buni videoga oldi. Bu haqda “Potrebitel.uz” guruhida ma’lum qilindi.
Bloger bu ishni ko‘proq obunachi yig‘ish uchun amalga oshirgani aytilmoqda. Ko‘pchilik bunday videolarni taqiqlash kerak, deb hisoblaydi. Axir buni bolalar ko‘rishi va takrorlashga urinishi mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, yigitchaning omadi chopib, boshi omon qolgan. Ba’zan poyezdlarning ost qismiga qandaydir narsalar o‘rnatiladi.
Izoh (0)