Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Toshkent” xalqaro aeroportida 12-avgust kuni Nyu-Yorkdan kelgan O‘zbekiston fuqarosi noyob turdagi to‘tiqushni tegishli ruxsatnomasiz olib kirishga urindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi mabuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi mabuot xizmati

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi mabuot xizmati

Undan yovvoyi flora va faunaning yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarning xalqaro savdosi nazorati ostidagi CITES xalqaro konventatsiyaning 2-ilovasiga kiritilgan ko‘k-sariq Ara (Ara ararauna) olib qo‘yilgan.

To‘tiqush egasida esa O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro Konvensiyaga muvofiq eksport va import qilish huquqini beruvchi CITES ruxsatnomasi bo‘lmagan. Shuningdek, to‘tiqushda maxsus halqa ham bo‘lmagan.

Shu sababli to‘tiqushga halqa taqilib, vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Bu ish bo‘yicha barcha materiallar sudga berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?