Olmaliqda xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Usmon Rahimov Olmaliq shahri hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Nurafshon shahri hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, Olmaliqning avvalgi hokimi O‘ktamjon Karimov oldinroq Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Izoh (0)