Filippinning Balabak orolida taroqsimon timsoh qayiqdagi bolaga hujum qilib, uni yutib yubordi, deb xabar bermoqda Yahoo! News.

Foto: Pinterest

Ma’lum bo‘lishicha, timsoh hujum qilgan paytda 10 yoshli bola o‘zining aka-opalari bilan qayiqda ketayotgan bo‘lgan. U bolani qayiqdan sudrab, suvga ostiga olib ketgan. Bolaning otasi uni qidirishga tushgan, ammo topa olmagan. Mahalliy baliqchining yordami bilan bolaning jasadi qoldiqlari mangrov botqoqlaridan birida topilgan.

“2015-yildan beri timsohlar hujumi qurbonsiz bo‘lmagan”, — deydi Palavan orollar guruhi atrof-muhitini saqlash bo‘yicha ish olib boradigan hukumat kengashining vakili Yovich Pabello. U, shuningdek, odamlarning yirtqichlar bilan to‘qnashuviga hayvonlar yashash muhiti o‘zgarganligi, shu sababli ular har qanday usul bilan oziqa topishga harakat qilishiga to‘g‘ri kelayotganini aytgan.

Taroqsimon timsoh dunyodagi eng katta yirtqichlardan biridir. Urg‘ochisining uzunligi 7 metr, og‘irligi 2 tonnagacha kelishi mumkin. Bunday timsohlar odamlarni o‘lja sifatida qabul qilib, ularga suvda ham quruqlikda ham hujum qiladi.