Sergeli tumanida joylashgan MChJlarning birida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinmayotganligi aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Buning natijasida mazkur korxona ishchisi 24 yoshli Muhriddin K. nosoz ahvoldagi bug‘doyni ezib-yanchib beradigan “Val” rusumli dastgohni o‘chirmasdan tozalayotgan vaqtida o‘ng qo‘li ichiga kirib ketib, tan jarohati olgan.

Ushbu fakt bo‘yicha MChJ rahbari Ulug‘bek A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (“Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.