10-avgust kuni Muborak investitsiya blokida yangi neft va gaz kondensati koni ochildi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

Foto: Epsilon Development Company

Yangi kon “Bahoriston” nomi bilan ataldi.

“Qidiruv burg‘ulash ishlari joriy yilning 2-iyun kuni boshlangan. 2445 metr chuqurlikdagi quduqni sinovdan o‘tkazish vaqtida kunlik 100 ming kub metrga teng neft, kondensat va tabiiy gaz oqimi aniqlangan. Olingan uglevodorodlar oqimi hamda geologik ma’lumotlar O‘zbekistonda Bahoriston nomli yangi neft, gaz va kondensat konining ochilganligi to‘g‘risida dalolat beradi”, deyiladi Epsilon Development Company LLC xabarida.

Hozirda neft qudug‘uni 3000 metrgacha qazish davom ettirilmoqda. Shuningdek, kompaniya gazni Muborak gazni qayta ishlash zavodiga yetkazish uchun 9,7 kilometr uzunlikdagi yangi gaz quvuri qurishni boshlab yuborgan.