Namangan shahrida Qurbon hayiti arafasida “Muhammad al-Amin” jome masjidi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Viloyat markazidagi “Orzu” mahallasida joylashgan ushbu masjid 1998-yilgacha faoliyat yuritgan, so‘ng yopib qo‘yilgandi. Mahalla ahli 7-8 kilometr yo‘l bosib, shahardagi boshqa masjidlarga borishga majbur bo‘layotgani, shuningdek, hududda yangi ko‘p qavatli uylar qurilayotgani diniy muassasani qayta ochishni taqozo etdi.
Qayta ta’mirlangan masjidda 1200 nafar kishi namozni ado etishi mumkin. Ular uchun bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan.
Namangan shahrining “O‘n bir Ahmad” ziyoratgohi yaqinida esa yangi masjid qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Ushbu masjidda bir paytning o‘zida 1,5 ming kishi namoz o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)