“O‘zbekiston—Germaniya” do‘stlik jamiyati yangi loyihani amalga oshirmoqda. Uning doirasida “Toshkent durdonalari (ma’lumotnoma)” mobil dasturi yaratilib, ishga tushirildi.
Loyiha Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining granti hisobiga amalga oshirildi.
“O‘zbekiston—Germaniya” do‘stlik jamiyatidan ma’lumot berishlaricha, mobil dastur o‘zbek, rus va nemis tillarida bo‘lib, xorijlik mehmonlarni Toshkent shahrining tarixiy, madaniy boyliklari hamda mashhur me’moriy yodgorliklari, diniy obidalari, muzeylari va teatrlari bilan tanishtirish maqsadida yaratilgan. Dastur nafaqat xorijlik sayyohlar, balki Toshkentni sayr qilmoqchi bo‘lgan har bir kishi uchun foydali bo‘ladi.
Dastur Android tizimidagi mobil qurilmalarda ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, oson yuklanadi. Undan foydalanish bepul, internetga ulanish talab etilmaydi.
Izoh (0)