12-avgust, dushanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Koreyaning favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Janubiy Koreya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil 6—9-avgustdagi Koreya respublikasiga tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
TIVdagi uchrashuvda siyosat, parlamentlararo hamkorlik, farmatsevtika, tibbiyot, ta’lim va madaniyat sohalarida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)