Respublika Gidrometeorologiya markazining ma’lumotiga ko‘ra, 13-avgust kuni jazirama kunlar ortda qolib, havo harorati biroz pasayadi, deb yozadi O‘zA.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20—22, kunduzi 31—33 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13—18, kunduzi 23—28 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15—20, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18—23, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20—25, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Kechasi 18—23, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12—17, kunduzi 23—28 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh (0)