Yong‘in Yashnobod tumani, M.Riyoziy mavzesi 18-uy 60-xonadonda sodir bo‘ldi. Yong‘inda 1 nafar fuqaro vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati

Xabar berilishicha, alangada xonadonning 20 kv.m. maydonidagi uy jihozlari yongan. Yong‘indan xonadonning 30 kv.m. maydoni saqlanib qolingan. Voqea joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Yong‘in natijasida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Olov mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in keltirgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.