1-avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani “Beltepa” mahallasida yashovchi 19 yoshli K.Usmonov o‘zining Captiva rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan edi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida hamda fuqarolar bergan ma’lumotlarga asosan, K.Usmonov Mirobod tumanida joylashgan Toshkent Temir yo‘l muhandislari instituti oldidan topilib, sog‘-salomat oila a’zolari bag‘riga qaytarildi. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.
O‘z o‘rnida, IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan fuqarolarga minnatdorchilik bildirishini ma’lum qiladi.
Izoh (0)