• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Dollar oshdi, To‘raqo‘rg‘on IES ishga tushdi, prezidentni ta’tilga kuzatdik, ammo hokimlarni mansabdan kuzatmadik

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    Shavkat Mirziyoyev 5-avgustdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Davlat rahbarining ta’tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu mustaqil davlatchiligimiz tarixida o‘ziga xos hodisa deb e’tirof etilishining sababi shuki, 28 yil davomida prezident mehnat ta’tiliga chiqqani hali kuzatilmagandi. Agar Shavkat Mirziyoyevning bosh vazirlikda ishlagan yillarini ham qo‘shsak, u o‘n yetti yilda endi dam olayotgani ayon bo‘ladi.

    Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

    Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

    Arafa kuni Saida Mirziyoyeva ota-onasining oilaviy dam olayotgan fotosuratini chop etdi.

    * * *

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Alter Ego dasturiga bergan  intervyusida Shavkat Mirziyoyevning ish kuni haqida so‘zlab berdi. Aytish lozimki, bu intervyu prezidentning bizga noma’lum bo‘lgan ish tartibi haqida bilish imkonini berdi. Intervyuni dayjestimizga qo‘shganimiz sababi ham shu.

    Allamjonovning aytishicha, ish kuni soat 9–9:30 larda boshlanadi va qariyb 24:00 gacha davom etadi. Ko‘pchilik charchaydi, ammo Shavkat Mirziyoyev g‘ayratini saqlab qoladi. Prezident mobil telefondan foydalanib turadi. Allamjonovning aytishicha, prezidentni tanqid qilish uchun sabab yo‘q, ammo buning uchun barcha huquq va imkonlar yetarli. Shuningdek, u saytlarni to‘sish befoyda ish ekanligini ham ta’kidladi.

    * * *

    Namangan viloyatidagi bitirilishi bir necha marta ortga surilgan To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining birinchi gaz turbinasi ishga tushdi. Hozircha IES test rejimida ishlaydi, noyabrdan to‘laqonli faoliyat ko‘rsatadi. To‘raqo‘rg‘on IES yiliga 7 milliard kVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. IES Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining elektr quvvatiga bo‘lgan asosiy ehtiyojini qoplashi kerak.

    IES Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd. konsorsiumi bilan hamkorlikda bunyod etildi.

    * * *

    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi rahbari Akmal Saidov 6-avgust kuni jurnalistlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida davlat boshqaruvi, inson huquqlari, qamoqxonalarga oid ko‘pgina masalalarga oydinlik kiritdi. Saidov uylar buzilishi mashmashalariga to‘xtalar ekan, “Xususiy uy muqaddas, sud qarorisiz buzilishi mumkin emas”, deb aytdi. Pulli maktablar borasida esa “Maktablarni pulli qilish — Konstitutsiyani buzish”, dedi. O‘zbekistonning bosh inson huquqlari himoyachisi o‘tgan hafta yopilgan “Jasliq” qamoqxonasida mahbuslarga nisbatan qiynoq qo‘llangani ehtimolini istisno qilmadi. “Men ‘Jasliq’da qiynoqlar bo‘lmagan deb ayta olmayman”, dedi Saidov. Aytib o‘tish lozimki, ko‘p yillar davomida xalqaro tashkilotlarning Jasliq qamog‘ini tanqid qilishiga Akmal Saidov javob qaytarib kelgan.

    * * *

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    6-avgust kuni kechki payt poytaxtimizning Darxon mavzeida bir nechta avtomobil ishtirokida ayanchli avtohalokat sodir bo‘ldi. “Gazeta.uz” yozishicha, kamida uch kishi qattiq jarohat olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Aytishlariga qaraganda, qurbonlar yo‘q. Nissan GT-R35 superkarining 33 yashar haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ikki mashina bilan to‘qnashuv sodir etgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, qimmatbaho mashina rulida uning egasi emas, qarindoshi bo‘lgan. Avtohalokat sababchisini aniqlash ishlari ketyapti.

    * * *

    O‘tgan haftadagi videoselektorda Shavkat Mirziyoyev jamiyatda jiddiy norozilik kayfiyatlariga sabab bo‘lgan va O‘zbekistonni butun dunyoga sharmanda qilayotgan viloyat rahbarlariga chora ko‘rishni bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga topshirgan edi. Ammo ketishi taxmin qilingan Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari yil oxirigacha lavozimini saqlab qoldi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi ularni bo‘shatib yuborish “vaziyatdan chiqishning eng oson yo‘li”, hokimlar buning o‘rniga yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatishda shaxsan ishtirok etishi maqsadga muvofiqroq deb hisoblaydi.

    * * *

    Hafta oxirida dollar yana sakray boshladi. Markaziy bank xabariga ko‘ra, 1 AQSh dollari dushanba kuni e’lon qilingan kursga nisbatan 177,13 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8882,00 so‘mga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 8700 so‘mlik nuqtadan oshishidan so‘ng navbatdagi keskin ko‘tarilish bo‘ldi.

    Taniqli moliyaviy tahlilchi Yuliy Yusupov O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishi qachongacha davom etishi haqidagi maqolasi “Daryo” saytida chop etildi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    11.08.2019, 16:02   Izoh (0)   84027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raisligida O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi

    11.08.2019, 15:50

    O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI  – 2019” musobaqasida yetakchilar safida bormoqda (foto+video)

    11.08.2019, 15:17

    Navoiyda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan bolalarga sovg‘alar ulashildi

    11.08.2019, 14:35

    Yashnobod tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

    11.08.2019, 14:14

    Bog‘cha qozonida gul “qaynatiladimi?”

    11.08.2019, 13:55

    Advokat: Qirg‘izistonning sobiq prezidenti jinoiy avtoritetni pora evaziga ozod etishga aloqadorlikda gumonlanmoqda

    11.08.2019, 13:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.