O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida otasi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va onasi Ziroatxon Hoshimovaning birga o‘tirgan oilaviy suratini e’lon qildi. Shu bilan birga, u o‘z obunachilirini Arafa kuni bilan qutladi.
Qadrli yurtdoshlar! Do‘stlarim, ko‘plab folloverlarim!Barchangizni oila a’zolarim nomidan Arafa kuni munosabati bilan tabriklayman!
Bu dunyoda hamma narsa o‘tkinchi. Lekin mehr-oqibat, urf-odatlarimiz va qolaversa, muqaddas dinimiz bilan bog‘liq barcha qadriyatlarimiz abadiy saqlanib qoladi.
Eng asosiysi, baxtimizga ota-onamiz, yaqinlarimiz sog‘ bo‘lishsin. Har bir oila o‘z oila boshi bilan farovon hayot kechirsin.
Haj safarini o‘tayotgan vatandoshlarimizni esa Alloh ziyoratlarini qabul qilib, eson-omon o‘z yaqinlari bag‘riga yetib kelishlarini nasib etsin!
Arafa muborak, do‘stlarim!
Saida Mirziyoyeva
Izoh (0)