“Betis” yarim himoyachisi Jovani Lo Chelso karyerasini “Tottenhem”da davom ettiradi. Bu haqda “shporlar”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
London klubi argentinalikni bir mavsumga ijaraga oldi. Kelishuvga ko‘ra, mavsum so‘ngida klub futbolchini to‘liq sotib olishi ham mumkin.
Xabar qilinishicha, Lo Chelsoning ijarasi “Tottenhem”ga 16 million yevroga tushgan. Agarda londonliklar yarim himoyachini sotib oladigan bo‘lsa, “Betis”ga 60 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, xavbek o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)