Maksim Fadeyevning MALFA prodyuserlik markazi xonanda Nargizga hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinishi to‘g‘risida rasmiy hujjat yubordi. Bu haqda xonanda Instagram‘dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Hujjatga ko‘ra, markaz xonandaga prodyuserning asarlarini ijro etishni man etadi. Shuningdek, avgust oyiga mo‘ljallangan tur bo‘yicha majburiyatlaridan voz kechadi.
Yuzaga kelgan mazkur holat tufayli Nargizning Yurmala, Krasnogorsk va Chaykovskiy shaharlarida rejalashtirilgan konsertlari bekor qilinishi mumkin.
Izoh (0)