Maksim Fadeyevning MALFA prodyuserlik markazi xonanda Nargizning hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinishi to‘g‘risidagi e’tirozlariga javob berdi, deb xabar bermoqda Sputnik. Vakillar konsert o‘tkazilmasligini tasdiqlagan, ammo bunga Nargizning o‘zi yo‘qolib qolganini sabab qilib ko‘rsatgan.
“Konsertlarning bekor qilinishiga biz uzoq vaqt Nargiz bilan ham, uning jamoasi bilan ham bog‘lana olmaganimiz sabab bo‘lgan. Nargizning rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etishini tasdiqlash uchun bir necha bor yuborilgan rasmiy so‘rovlar ham e’tiborsiz qoldirilgan. Tashkilotchilarga rejalashtirilgan tadbirlarda Nargizning ishtirok etishini kafolatlash imkoniyatimiz bo‘lmagani sababli uning konsertlarini qoldirishga majbur bo‘ldik”, — deyiladi MALFA prodyuserlik markazining Instagram’dagi sahifasida.
Avvalroq Nargiz va Fadeyevga tegishli prodyuserlik markazi o‘rtasidagi shartnoma buzilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh (0)