• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    O‘zga sayyoraliklar kelsa, ular bilan qaysi tilda gaplashamiz?

    Kanadalik rejissor Denni Vilnyovning “Tashrif” filmi siyqasi chiqib ketgan mavzu — o‘zga sayyoraliklarga bag‘ishlangan bo‘lsa-da, u ko‘plab kinotanqidchilar, muxlislar va hatto olimlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi va pirovardida Oskar mukofotiga ham loyiq ko‘rildi. Buning boisi – film o‘zga sayyoraliklar mavzusining shu paytgacha ochilmagan jihatiga e’tibor qaratgan edi. Filmda ko‘tariladigan savol: o‘zga sayyoraliklar keldi ham deylik. Ular bilan qaysi tilda muloqot qilamiz? Qanday aloqa o‘rnatamiz?

    Bu savol aslida ilmiy ufologiyada ko‘p bora ko‘tarilgan va hatto nazariy psixolingvistikaning rivojlanishiga omil bo‘lgan. O‘zga sayyoraliklarni izlovchilar ham, tilshunoslar ham fanlari kesishgan shu nuqtada turli fikrlarni ilgari suradi. “Hi-News.ru” ilmiy portalida shu masalaga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Quyida uning tarjimasini taqdim etamiz.

    “Tashrif” filmidan kadr

    “Tashrif” filmidan kadr

    Agar o‘zga sayyoraliklar koinotdan tushib, universal grammatikani buzadigan tilda so‘zlashsa, biz ularning tilini ingliz yoki suaxili tilini o‘rganganimiz kabi o‘zlashtira olmaymiz. Biz tabiatan ingliz, xitoy va bosh tillarni o‘zlashtirishga qodirmiz. Biroq universal grammatikani buzadigan ideal tillarni o‘rganishga qobiliyatimiz yetmaydi.

    Yerdan tashqari ongni izlash tarafdorlarining (SETI) ta’kidlashicha, biz yaqin kelajakdagi bir necha o‘n yillikda o‘zga sayyoraliklarga duch kelishimiz mumkin. Konservativ nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak ham, yaqin 50 yil ichida o‘zga sayyoraliklarning uchrash ehtimoli 5 foiz bo‘lishi mumkin — bu biz uchun yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi. Odamzot koinotda yagona emasligini bilish katta tajribaga ega ekanimizni aks ettiradi hamda o‘zga sayyoralar sivilizatsiyasi bilan aloqa o‘rnatish hayratlanarli texnologik innovatsiya va madaniy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

    Demak, tabiiy ravishda savol tug‘iladi: o‘zga sayyoraliklar qanday fikrlaydi?

    Rostdan, ular qanday fikrlaydi? Umuman ularda ong bormi? Ular qanday muloqot qiladi?

    “Eng murakkab sivilizatsiya sun’iy ong shakli ko‘rinishida postbiologik bo‘ladi”, — deydi ilmiy tadqiqotlar instituti faylasufi Syuzan Shnayder. Keyin o‘zga sayyora sivilizatsiyasi yuqori ong shaklini qabul qiladi: har qanday parametr — ijtimoiy ko‘nikma, umumiy bilim, ilmiy ijodkorlik bo‘yicha inson ongi darajasidan yuqori ong.

    O‘zga sayyoraliklar bilan uchrashganda ularning tilini o‘rganishimiz mumkinmi? Birinchi to‘siq bu uning muhitidir. Odamlar 85–255 Gs ovoz chastotasi va 430–770 TGs yorug‘lik chastotasi diapazonida muloqot qiladi. Bu ko‘rsatkich insonlar kabi rivojlanmagan o‘zga sayyoraliklar uchun mos emas. Va bu ko‘proq texnik masala hisoblanadi. Masalan, kitlarning tez chiqargan ovozlari (boshqachasiga inson qulog‘iga eshitilmaydi) ayrim “o‘zga sayyora” signallarini inson qabul qila oladigan shaklga aylantirish mumkinligini ko‘rsatdi.

    Foto: “Hi-News.ru”

    Foto: “Hi-News.ru”

    Aslida o‘zga sayyoraliklar so‘zlashmay ham muloqotga kirisha oladi. Demak, o‘zga sayyora sivilizatsiyasi tilsiz aloqa yoki til prototipi bilan ham rivojlanishi mumkin.

    “Mashhur lingvist Noam Xomskiy marsliklar yerga tushishganda, ular bizni bitta til dialektida so‘zlashyapmiz deb o‘ylashardi, chunki Yer yuzidagi barcha tillarning ildizi bitta strukturaga asoslanadi, deb ko‘p takrorlardi, — deya ta’kidlaydi Dug Vakoch. — Biroq o‘zga sayyoraliklarning tili bo‘lganda bizning tilimizga o‘xshash bo‘larmidi? Bu qiyin savol”.

    O‘zga sayyoraliklarning insonlar kabi parametrlarga ega bo‘lishi ehtimoli juda kam. Bunday yondashuvning yetakchi tarafdorlaridan Xomskiyning so‘zlariga ko‘ra:

    “Ko‘p olimlar o‘zga sayyoraliklar sivilizatsiyasini mavjud deb hisoblaydi. Ularni o‘zga sayyoraliklarni umuman ko‘rish mumkinmi degan savol emas, yaqin yoki uzoq kelajakda uchratishimiz mumkinmi degan savol o‘ylantiradi. Shuning uchun keling, to‘satdan o‘zga sayyoraliklar bilan to‘qnash kelgan vaziyatni tasavvur qilamiz. Eng avvalo nima qilish zarur? Albatta, gaplashish va tinchlik yo‘li bilan kelishish zarur. Biroq buning uchun o‘zga sayyoraliklar bilan o‘zaro bir-birmizni tushuna olamizmi?”

    Keyingi masala o‘zga sayyoraliklar bilan ilmiy axborot almashuvini amalga oshirish hisoblanadi. Koinot qonunlari hamma yerda teng bo‘lsa, unda bu qonunlarning turli tavsiflari aslida teng bo‘lishi zarur. Buni o‘zga sayyoraliklarni qidirish va aloqa o‘rnatish kabi vazifalar bilan SETI yoki METI tashabbusi ilgari suradi.

    Biroq o‘zga sayyoraliklar bilan “til topishish” qiyin masala, chunki til insonlar o‘rtasida hamkorlik qilish uchun yagona omildir. Aynan til vositasi orqali aloqa katta guruhlar bilan ishlash imkoniyatini beradi. Shunga ko‘ra, har qanday texologik jihatdan rivojlanish va chuqur sivilizatsiya faqat til vositasi orqali aloqa munosabatlariga bog‘liq.

    Eng qiyin savol: biz qachondir begona tilning ichki tuzilishini o‘rganishimiz mumkinmi? Psixolingvistika hozir ikki keskin farqlanuvchi javob o‘rtasida turibdi.

    Til strukturasi miyada kodlanishi bo‘yicha generativistik yondashuv bu imkonsiz ekanini ta’kidlaydi. Bundan kelib chiqadiki, insonlar universal grammatikaga ega bo‘lib tug‘iladi, kimda muayyan o‘rnatilgan to‘plamlar bo‘lsa, har biri so‘zlarning qabul qilingan tartibiga mos keladi va so‘z hamda so‘zning qismlari har qanday til tizimini o‘zida qamrab oladi. Biz birinchi marta eshitayotgan til shunday uskunalardan birini faollashtiradi va u keyin bizga so‘zlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘shish usulini farqlash imkonini beradi.

    Eng asosiysi turli grammatikalar soni cheklangani hisoblanadi. Shunga qaramay, so‘zlashuv til qoidalarini farqlash mumkin, generativistik model tarafdorlari ular faqatgina qat’iy doirada farqlanishini ta’kidlaydi. Masalan, gap tuzish tartibi kesim bo‘lishini, egaga ergashish zarurligi yoki aksini belgilaydi. Ingliz tilida birinchi variant qat’iy (Bob gave a cake to Alice), o‘zbek tilida ikkinchi variant qat’iy (“Bob Alisaga shirinlik berdi”).

    Kognitiv yondashuv boshqa bir tarafdan sintaksisdan ko‘ra (grammatika tuzilishi) semantikani (g‘oya tuzilishi) muhim vosita sifatida o‘rganadi. Bunday yondashuvga ko‘ra, gap sintaktik jihatdan yaxshi shakllantirilgan, lekin semantik jihatdan ma’nosiz. Shunga ko‘ra, kognitiv yondashuv tarafdorlari tilni tushunish uchun bitta grammatika yetarlimas deydi. Buning o‘rniga uni tildan foydalanuvchi qo‘llaydigan konsepsiya tushunchalari bilan birlashtirish zarur.

    Biz, shuningdek, olamimizga qarab, turli muhitda rivojlangan organizmlar o‘ta o‘xshashligini ko‘rishimiz mumkin. Bu konvergent evolyutsiya deb nomlanadi. Masalan, qanot va ko‘z mustaqil ravishda turli jonzotlarda evolyutsiya davrida bir necha marta paydo bo‘lgan, ekologik jihatdan Yangi Zenlandiyada uchragan qushlarda sutemizuvchilarda kuzatiladigan harakatlar kuzatilgan. Kognitiv yondashuv inson va o‘zga sayyoraliklar tili o‘zaro tushunarli bo‘lishiga umid beradi.

    Ba’zilar eng rivojlangan insoniy konsepsiyalar barcha turlarda mavjud bo‘lgan asosiy qurilma bloklaridan yig‘ilganini aytadi, masalan, o‘tmish va kelajak; o‘xshashlik va farq; obyekt va subyekt tushunchalarini misol qilish mumkin. Agar o‘zga sayyoralik ko‘rinishi obyektlarni manipulyatsiya qilsa, o‘ziga o‘xshash jonzotga o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi va fikr uzatadi, kognitiv yondashuv bizda o‘zga sayyoraliklar bilan bir-birimizni tushunishimiz uchun o‘xshash mental tomonlar bo‘lishini kafolatlaydi. Biroq nobiologik yo‘l bilan ko‘payadigan o‘zga sayyoraliklar genetik jihatdan bog‘liq bo‘lgan va bo‘lmagan guruhlarni tushunmaslik ehtimoli bor.

    Qaysi yondashuv ko‘proq to‘g‘ri? Neyron tarmoqlarni tadqiq qilish bosh miyada maxsus strukturasiz ham tilni o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu tilni o‘rganish uchun hech qanday ichki universal grammatika bo‘lishi shart emasdir. Bundan tashqari, universal grammatika doirasiga kiritilmaydigan inson tillari ham mavjud. Garchi bu natijalar oxirgi xulosalardan yiroq bo‘lsa-da (masalan, ular til nima uchun faqat insonlarda borligini tushuntirishi mumkin), barchasi kognitiv nuqtai nazar bo‘yicha ketmoqda.

    Shunday ekan, inson o‘zga sayyoraliklar tilini o‘rgana olishini taxmin qilish — oqilona fikr. Shubhasiz, begona tilning ayrim jihatlari doim ham bizga tushunarli bo‘lmaydi (she’riyat kabi). Xuddi shu tarzda ayrim turlar koinotning boshqa yeridan bo‘lishi mumkin. Bu esa insoniyatning muayyan darajadagi muqobili bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, fizika, biologiya va sotsiologiyaning universal tuzilishi insonlar va o‘zga sayyoraliklarning umumiy semantik asosda til orqali muloqot qilishida yetarlicha o‘xshash bo‘lishiga umid qilishimiz mumkin.

    07.08.2019, 17:50   Izoh (0)   93583
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab-internatga ulkan teleskop o‘rnatildi (foto)

    07.08.2019, 16:35

    Olimlar chuchuk suvda yashovchi dunyoda eng keksa — 112 yoshli baliqni tutdi(foto)

    07.08.2019, 14:43

    O‘zbekistonlik yosh olimlar Belarusda superkompyuter imkoniyatlarini o‘rganmoqda

    02.08.2019, 19:54

    Insoniyat 2019-yil uchun Yer resurslari zaxirasini tugatdi

    30.07.2019, 08:58

    Yaponiyada odam hujaylarida hayvon embrionini yetishtirishga ruxsat berildi

    30.07.2019, 08:56

    NASA zilzilalar soni ko‘payganini Oy Yerdan uzoqlashayotgani bilan izohladi

    29.07.2019, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.