7-avgust, chorshanba kuni Toshkentda start oladigan taekvondochi kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining dastlabki kun bahslariga qur’a tashlandi.
Taekvondo WTF assotsiatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilinishicha, Jahon chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston sharafini 5️ nafar taekvondochi himoya qiladi.
Qur’aga ko‘ra, -6️5 kg vazn toifasi vakili Abdulaziz Ahramovning nimchorak finaldagi raqibi 1/16 finaldan o‘rin olgan serbiyalik Dmitriye Ajdukovich hamda misrlik Yahyo Abdul Moneim Abdel o‘rtasidagi jangdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
+6️5️ kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mahsud Maratov Jahon chempionatini meksikalik Xuan Karlos Martines Ayalaga qarshi bahs bilan boshlaydi.
-2️9️ kg vazndagi taekvondochi Shabona Abduvaliyeva musobaqadagi dastlabki jangini turkiyalik Xayrunnisa Gurbuzga qarshi o‘tkazadi.
-3️3️ kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Aynur Umirzoqova nimchorak finalda Natkamon Vassana (Tailand)—Maryam Shokri (Eron) jangi g‘olibiga qarshi dayanga chiqadi.
-5️1️ kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Mubina Ma’murjonova esa 1/8 finalda bolgariyalik Sofiya Liubich va avstraliyalik Katinka Penket o‘rtasida kechadigan jang g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)