KXDR 6-avgust tongida BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan taqiqlangan yaqin masofaga mo‘ljallangan raketalarni uchirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Janubiy Koreya harbiylarning ma’lum qilishicha, KXDR ikki hafta ichida to‘rtinchi marotaba “noma’lum snaryadlar”ni uchirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalarni uchirish mamlakat sharqidagi Xvanxe-Namdo provinsiyasida amalga oshirilgan.
Snaryadlarning parvozi 37 kilometr balandlikda 450 kilometrni tashkil etgan.
Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi KXDR 25-iyul kuni yangi turdagi ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qilgandi. O‘z navbatida KXDR yangi raketalarning sinovi “Janubiy Koreyaning harbiylashuviga” ogohlantirish ekanligini bildirgan.
Izoh (0)