Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanida bir guruh harbiylar tomonidan IIB xodimiga tazyiq o‘tkazilgani aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, Qarshi tumani “Agora” bozori atrofida tumanlararo qatnaydigan mashinalar uchun tashkil qilingan avtoturargohda Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi bir guruh harbiylari tomonidan Qashqadaryo viloyat IIB xodimiga tazyiq o‘tkazilgan.
Harbiylar IIB xodimiga maxsus formada ko‘chada yurish mumkin emasligini aytgan. IIB xodimi esa bunday tekshiruv ularning vakolatiga kirmasligini aytib bahslashgan.
Izoh (0)